Veratti Angliya tepgan penalti haqida: "Hakam juda saxiy ekan"
09 iyu 2021 00:32
Yangiliklar
Veratti Angliya tepgan penalti haqida: "Hakam juda saxiy ekan"
Italiya termasi futbolchisi Marko Veratti Angliya-Daniya uchrashuvida berilgan penalti haqida gapirib o'tdi.
"Angliya jismoman juda kuchli terma jamoa. Ularda texnikasi kuchli futbolchilar ham juda ko'p. Ular finalga loyiq edilar.
Penalti bergan hakam juda saxiy ekan. Men bunday qilmagan bo'lardim. Bu juda muhim gol edi va oxirida final taqdirini hal qildi.
Final Angliya maydonida bo'ladi. Ammo, biz har qanday holatda ham g'alaba qozonishni istaymiz. Finalda inglizlar bilan o'ynayotganimizdan mamnunmiz. Bu tarixiy final bo'ladi", -dedi Marko Veratti.
Fikrlar