Venger terma jamoani boshqarmoqchi?!

Mirjalol Normatov
22 apr 2018, 18:51
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Vengerning xizmatlariga bir necha jamoalardan takliflar tushishi kutilmoqda.

"The Telegraph" nashri xabariga ko'ra, 68 yoshli mutaxassisga "Everton"dan taklif bo'lgan. Shuningdek, "Monako"dan ham qiziqishlar bo'lmoqda. Venger JCH-2018dan keyin Yevropaning top-terma jamoasini boshqarish istagi bor.

Oldinroq Vengerga PSJ bosh menejerligi vazifasi topshirilishi mumkinligi haqida ma'lumotlar tarqagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph