Venger: "Sautgempton" Chempionlar Ligasi yo'llanmasi uchun kurashishi mumkin"
Aziz Tukhtamuradov
2 dek 2014, 21:23
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger "Sautgempton"ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Sautgempton" himoyada juda yaxshi harakat qiladi. Yangi futbolchilar ham jamoaga tezda ko'nikib ketishdi. Agar ular shu ruhda davom etsalar Chempionlar Ligasi uchun kurashishlari mumkin", - deydi Venger.