Venger “Lion”da ish boshlashi mumkin
28 apr 2019 09:57
Yangiliklar


Venger “Lion”da ish boshlashi mumkin
Londonning “Arsenal” klubi sobiq murabbiyi Arsen Venger murabbiylik faoliyatini davom ettirish mumkin, deya xabar bermoqda L’Equipe.
Nashr malumotlariga ko'ra, murabbiyining xizmatlariga “Lion” qiziqmoqda. “Lion” ustozi Bruno Jenezio esa joriy mavsum so'nggida jamoa bilan xayralashadi. Qolaversa, klub rahbariyati allaqachon Venger bilan aloqaga chiqib, uni jamoaga taklif qilgan.
Venger 2018 yilning may oyidan buyon ishsiz yuribdi. U o'tgan mavsum yakunida 22 yillik boshqaruvdan so'ng “Arsenal” bilan xayrlashgandi.
U “kanonirlar” bilan 17 ta sovrinni qo'lga kiritgandi. Bular orasida uch marta Angliya chempionligi va ettita Angliya Kubogi hamda mamlakat Superkubogi singari sovrinlar mavjud.
“Arsenal”ga kelishidan oldin esa Venger Franciyada 1984-1994 yillar davomida “Nansi” va “Monako”ni boshqargandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar