Venger: "Anri Jiru borasida adashyapti"
04 may 2015 17:03
Yangiliklar


Venger: "Anri Jiru borasida adashyapti"
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger "to'pchilar" hujumchisi Olive Jiru o'yini haqida o'z fikrini bildirdi.
Oldinroq "Arsenal" sobiq futbolchisi Terri Anri "CHelsi"ga qarshi o'yindan (0:0) so'ng, Jiruni top darajadagi hujumchi emasligini aytgan edi.
"Fikrimcha, Anri nohaq. Ammo unga mana shu so'zlarni aytyotgani uchun pul to'lashadi. U televideniyada ishlaydi, biz esa u erda qanday ishlashlarini bilamiz. Bu uning fikri, ammo Anri Jiru borasida adashyapti. Anelka, van Persi va Anrining o'zi haqida ham shunday deyishgan va ularning barchasi jahon yulduzlariga aylanishdi" - deydi Venger.

Fikrlar