Venger: "Aleksis Sanches "Liverpul"ga qarshi o'ynamasa kerak"
11 jan 2016 17:43
Yangiliklar


Venger: "Aleksis Sanches "Liverpul"ga qarshi o'ynamasa kerak"
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Vengerning so'zlariga ko'ra, jamoa hujumchisi Aleksis Sanches jarohat tufayli "Liverpul"ga qarshi Premer-liganing 21-tur bahsini o'tkazib yuboradi.
"Ozil va Flamini "Liverpul"ga qarshi bahsga oyoqqa turishi kerak. Ospina tibbiy tekshiruvdan o'tadi, Sanches esa bu bahsda ishtirok eta olmasligi mumkin. Aleksis davolanyapti va u "Stok"ka qarshi o'ynashi mumkin. Rosicki to'laqonli mashg'ulotlarga qaytdi.
Sanches doimo mendan o'zini maydonga chiqarishni so'raydi, agar o'ziga qo'yib bersangiz, jarohat bilan ham o'ynayveradi. Biz ehtiyotkor bo'lishga harakat qilamiz. U tez orada safga qaytadi" - deydi Venger.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar