Velozu: "Ronaldu - afsona, xuddi basketboldagi Maykl Jordan kabi"
01 mar 2021 12:23
Yangiliklar


Velozu: "Ronaldu - afsona, xuddi basketboldagi Maykl Jordan kabi"
"Ronaldu futbol tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylanadi, bunga shubha qilmayman. U muvaffaqiyatga erishadi. Futbolda ikkinchi Krishtianu Ronaldu bo'lmaydi.
Mbappe va Xoland kuchli va yosh. Lekin, yuqoriga ko'tarilish qiyin bo'lsa, yuqorida uzoq vaqt qolish undan ham qiyin. Ular uchun Krishtianuda bo'lgani kabi stabillikni ushlab turish oson bo'lmaydi.
Ronaldu - xuddi basketboldagi Maykl Jordan kabi, u afsona. Unga "Yuventus" bilan CHempionlar ligasida g'alaba qozonishini tilayman, garchi meni nazdimda bu yil ushbu ishni bajarish turinliklar uchun qiyin bo'lsada.
"Portu" - murakkab raqib, ularda o'z o'yin uslubi bor. Menimcha, portugaliyaliklar keyingi bosqichga yo'l olishadi. 1/4 finalga kim chiqishidan qati nazar "Bavariya" asosiy favorit bo'lib qoladi", - dedi Velozu "Tuttosport" nashriga bergan intervyusida.
Joriy mavsum Krishtianu A Seriyaning 20 o'yinida 19ta gol urdi va uchta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar