V.Denisov: "Yoshlikda ota-ona farzandining o'ziga qo'yib berishi kerak" (2-qism + foto)
02 jan 2014 15:17
Yangiliklar
V.Denisov: "Yoshlikda ota-ona farzandining o'ziga qo'yib berishi kerak" (2-qism + foto)
"Kecha, bugun, ertaga" loyihasining bu safargi mehmoni, O'zbekistonning 2013 yildagi eng yaxshi futbolchisi Vitaliy Denisov bo'ldi.
Intervyuning birinchi qismini avvaloq taqdim etgandik. Navbat ikkinchi qismga.
- "Lokomotiv"ga o'tish qanday sodir bo'ldi? Ko'p o'yladingizmi?
- O'sha vaqt tatilda edim. Bu vaqtda agentim bilan aloqani ushlab turgandim. Qiyin o'tgan futbol mavsumidan so'ng dam olishni istagandim. Xordiq olgach, Moskvaga keldim va agentimga murojaat qildim. U esa menga uchta klub qiziqayotgani haqida aytdi.
- Sir bo'lmasa qaysi klublar edi?
- Birinchisi Germaniya bundesligasi vakili edi, to'g'risi nomi esimda yo'q. "Verder" edi shekilli. Ikkinchisi Angliyaning "Liverpul" klubi bo'lgandi. Oxirgisi Moskvaning "Lokomotiv" klubi edi. Vaqt kam qolayotgandi, klublar mavsumoldi yig'inlarga ketishadi. Agentim Moskva klubi menga juda jiddiy qiziqayotganini, shartnoma taklif qilishayotganini malum qildi. SHundan so'ng "temiryo'lchilar" bilan shartnoma tuzdim.
- Germaniya yoki Angliyada o'zingizni sinab ko'rish qiziq bo'lmadimi? Yoki til borasidagi muammodan cho'chidingizmi?
- Yo'q, yo'q. Til borasida muammo yo'q. Bu meni qo'rqita olmaydi, onam tufayli biroz ingliz tilini bilaman. O'z fikrimni bildira olaman. Asosiy omil sifatida klublarning qiziqishlardagi farqi bo'ldi. Agar ingliz klubi menga shartnoma taklif qilganida muzokara o'tkazardik. "Lokomotiv" esa aniq va rasmiy taklif bilan chiqdi. Oilam bilan maslaxatlashib, Moskva klubi bilan shartnoma tuzdim. Angliya yoki Germaniya boshimni aylantirib qo'ygani yo'q.
- Rossiya premer-ligasida 5-turidan keyingina asosiy tarkibda muntazam ravishda o'ynab kelayapsiz. Unga qadar nima bo'lgandi?
- Men "Lokomotiv"da yangi futbolchi edim, murabbiy o'yinlarimni ko'rgan, biroq klubda ancha vaqtdan berib o'ynab kelayotganlar bor edi. Dastlabki o'yinlarni zaxirada o'tkazganimda o'sha vaqtdagi murabbiy men bilan gaplashib olgandi. U menga vaziyatni to'g'ri tushunishim kerakligini aytdi. Buning sababi oddiy jamoa menga qadar shakllanib bo'lgan. Asosiy tarkibga kirishim uchun mehnat qilishim va mashg'ulotlarda o'zimni ko'rsatishim kerak ekanligini yaxshi bilardim.
- CHempionat boshida mutaxassislar "Anji", "Spartak", "Zenit" va CSKAni chempionlik yo'lidagi asosiy jamoalar deb aytishdi. Ammo ular emas, "Lokomotiv" birinchi davrani birinchi o'rinda tugatdi...
- Avvalo bu murabbiyimizga bog'liq bo'ldi. U bizni o'yinlarga jiddiy tayyorlash bilan birga raqibga qarshi munosib taktikalarni ishlab chiqyapti. Ko'z tegmasin o'yinlarimizdan hamma xursand.
- Rossiyada shunchaki o'tadigan uchrashuv yo'q...
- Boshqa chempionatlarni taqqoslash niyatim yo'q. Har bir chempionatning o'z minus va plyuslari bor. Rossiyada chempionat kuchliroq. Lekin aniq bir o'ringa qo'ya olmayman. Buni o'zim uchun bilsam bo'lgani.
- Savolni boshqcharoq beraman, bizda muxlislar futbolchilarimizni kuchli beshlikda to'p tepmayotganligidan norozilar. Kuchli beshlik - bu dunyoning eng kuchli futbolchilari yig'ilgan markaz. Bugunda Rossiya, o'sha yaxshi futbolchilar uchun ham ushalib bo'lmas orzuga aylanyapti. Bugungi premer-ligada raqobat kuchayib ketdi.
- Bazan intervyularni o'qiyman. Rossiyada o'ynashdan zerikdim, bu erda sovuq, ota-onamni sog'indim... Nega shunday ekan deb o'ylayman. Ikki toifadagi futbolchilar bor, kimdir pul ishlagisi keladi, kimdir astoydil o'ynaydi. Rossiyada o'ynash uchun intilish kerak. Biznikilar nimaga chetga chiqishmayapti, buni bilmadim. Ko'p hollarda futbolchining xohishi faoliyatida katta rol o'ynaydi. Xohish bo'lsa, uddalasa bo'ladi.
- CSKAga qarshi o'yinda nimani xis qildingiz?
- U erda do'stlarim ko'p. Men o'ynagan paytdagi futbolchilardan, Akinfeev, aka- uka Berezuckiy, Babkin, Raximich qolgan. Asosan eski futbolchilar bilan tanishman. Yaxshi o'yin bo'ldi.
- O'zbekiston terma jamoasi borasida savol beraman, men ham bo'lib o'tgan o'yinlarni unutish tarafdoriman. Futbolda kelajak bilan yashaladi. Keling, terma jamoadagi debyutingiz haqida suhbatlashamiz...
- Terma jamoa men uchun Vatan, Vatanni esa tanlashmaydi. Har qanday holatda Vatan - bu Vatan! Terma jamoada to'p tepish men uchun shart. JCHga chiqa olmadik, bu futbol. CHiqa olmadikmi, demak o'z ustimizda ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlarimiz ko'p. Biz raqib o'yinga qarab reja qilishimiz kerak emas. U durang o'ynasa biz chiqamiz va hakozo... Biz o'zimiz JCHga chiqishimiz kerak. Bu mavzuni yopamiz va ertangi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. Endi oldimizda boshqa mundial saralashi bo'ladi va unda munosib ishtirok etish lozim.
- 2007 yil terma jamoadagi debyutingizni o'tkazdingiz. Ilk chaqiruvni eslay olasizmi?
- "Nijniy Novgorod"da o'ynab yurgan paytimda ilk chaqiruvni olganman. U paytda Karpenko, Koshelev, Baqoev va Geynrixlar ancha yosh bo'lishgan. Hozirgi terma jamoa bilan solishtirish niyatim yo'q-ku, ammo u paytda kuchli terma jamoa bo'lgan.
- Agar amplua va familiyalarga qarasak, o'sha davrdagi terma jamoamiz juda kuchli bo'lgan. Ammo bugungidek sharoitga ega emasdik. Siz esa jamoaning eng yosh futbolchisi bo'lgansiz.
- U paytda juda ham ahil jamoaga ega edik. Bugun ham shunday. Familiyaga qaraylik - Fyodorov. Bugun ham bizning safda ko'p yoshlar shug'ullanishyapti. Kozak, Sergeev, Iskanderov. Ularga hozir osonroq. CHunki ularda poydevor bor. Birgalikda jahon miqyosidagi turnirlarda o'ynashdi.
- Endi ularni sizlar manaviy tomondan qo'llab-quvvatlashingiz talab etiladi...
- Gonkong bilan o'yinning birinchi bo'limida o'yinimiz o'xshamadi. Tanaffus paytida jamoamizning katta yoshdagi o'yinchisi, nomini aytmayman, bitta yosh futbolchimizni ruhlantira oldi. Unga o'zini qo'lga olishi va xotirjam o'ynashi kerakligini aytdi. Ikkinchi bo'limda esa uni o'yinida ijobiy tomonga o'zgarish bo'ldi.
- Sizda ham shunday bo'lganmi, bo'lgan bo'lsa kimlardan ko'p yordam olgansiz?
- Ashurmatov, Fyodorov, Karpenko, Aliqulov va SHackix. Maydon ichida ular men uchun tayyor qo'llanma edilar.
- Hamma himoyachilarni hurmat qilgan holda shuni aytishim mumkinki, Fyodorov so'nggi 20 yillikning eng kuchli himoyachisi!?
- Bo'lmasamchi, mening u kishiga bo'lgan hurmatim juda yuqori. Fyodorov bugungacha mendan hol-ahvol so'rab turadi. Otam bilan ham yaqin tanish. Undan juda ko'p narsalarni o'rganganman.
- 2007 yil Osiyo chempionatda to'p tepdingiz. So'nggi ikkita Osiyo chempionatida terma jamoamiz muxlislarni quvontira olyapti. Siz uchun Osiyo chempionatida to'p tepish qiziqmi? Evropadagi barcha futbolchilar "Evro"ni kutishadi. Bizda ham futbolchilar Osiyo Kubogini kutishadimi? Bir tomondan olsak, Osiyoda ham futbol kuchayib boryaptimi?
- Bo'lmasamchi, masalan men qita chempionatini kutaman. Bu mening qitammi, men uchun uning o'rni katta.
- Vetnam va Gonkong terma jamoasi ham bugun futbol o'ynay olishlarini ko'rsatishyapti...
- Albatta. Xuddi biz kabi, boshqalar ham o'sishga erishyapti. Lekin bu Gonkongga yutqazishimiz kerak degani emas. Istedod jihatdan biz ustunmiz. Bazan o'yin o'xshamaydi, bo'ladi bunaqasi ham. SHunday paytda "taxta" (o'zbekcha tallafuzda aytadi) deyishadi. Xato qildikmi, yana to'pni olib hujum qilishimiz kerak. Vetnam bilan o'yinda Osiyo Kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritishimiz kerak edi. Unga qadar bir marotaba yutqazdik, o'z maydonimizda durang o'ynadik. Hammasiga o'zimiz aybdormiz.
- 2015 yilgi Osiyo Kubogi fevral oyida bo'lib o'tadi. Qatarda bizda nimaga o'xshadiki, asosiy tarkib futbolchilarimiz ichki chempionat azolari edi. Bugun esa Rossiya kuz-bahor tizimiga o'tib bo'lgan. Bu paytga kelib “Lokomotiv” ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'rayotgan bo'ladi.
- Keling, avval shu kun kelaversin. Odatda bunday paytda ikki jamoa manfaati kesishadigan qarorga kelinadi. Six ham, kabob ham kuymaydi.
- Mirabror Usmonov Sizning familiyangizni o'qiganida nimalarni xis qildingiz, yoqimli bo'ldimi?
- Bo'lmasam-chi, federaciya prezidenti sening nomingni katta sahnalarda elon qilayotganida quvonasan. Buning uchun hammaga rahmat.
- Har doim ham bir oiladan ikkita yulduz chiqmaydi. Gennadiy Denisov izidan yura oldi, Vitaliy Denisov...
- Otam men bilan faxrlanishini istardim. Buni yaxshi tushunardim. Otamni sharmanda qilmaslik uchun harakat qildim.
- Denisov familiyasi sizga bosim o'tkazgan payt bo'lganmi?
- Yo'q. CHunki men qo'limdan kelgan ishni qilishimni bilar edim. Agar futbolchi bo'lmaganimda o'qir edim balki. Eng yaxshi deb topilishimdan otam faxrlangan bo'lsa kerak. Huddi shunday, payti kelib men ham farzandimning muvaffaqiyatidan faxrlanishni istardim.
- Yangi yil oldi muxlislarga tilaklaringiz...
- Barchangizni oilangizga sihat salomatlik tilayman. Sportni seving!
Vitaliy Denisovning ramziy terma jamoasi:
Darvozabon: V.Kernozenko.
Himoyachilar: V.Karpenko (V.Mandzyuk), A.Fyodorov, A.Rusol, V.Denisov.
Yarim himoyachilar: M.Kalinichenko (D.Kulakov), R.Rotan (Yan Tigorev), S.Nazarenko, E.Konoplyanka (S.Tursunov)
Hujumchilar: M.SHackix, Vagner Lav.
Nodirxo'ja Yuldashev suhbatlashdi.

- Vitaliy "bort" ortida xizmat ko'rsatayotgan xodimlar bilan tanishyapti

- Texnikadan biroz tushunchaga ega bo'lyapti

- Geynrixni "Vsem salamchiki" ringtonini tinglayapti
- CSKAga qarshi o'yinda nimani xis qildingiz?
- U erda do'stlarim ko'p. Men o'ynagan paytdagi futbolchilardan, Akinfeev, aka- uka Berezuckiy, Babkin, Raximich qolgan. Asosan eski futbolchilar bilan tanishman. Yaxshi o'yin bo'ldi.
- O'zbekiston terma jamoasi borasida savol beraman, men ham bo'lib o'tgan o'yinlarni unutish tarafdoriman. Futbolda kelajak bilan yashaladi. Keling, terma jamoadagi debyutingiz haqida suhbatlashamiz...
- Terma jamoa men uchun Vatan, Vatanni esa tanlashmaydi. Har qanday holatda Vatan - bu Vatan! Terma jamoada to'p tepish men uchun shart. JCHga chiqa olmadik, bu futbol. CHiqa olmadikmi, demak o'z ustimizda ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlarimiz ko'p. Biz raqib o'yinga qarab reja qilishimiz kerak emas. U durang o'ynasa biz chiqamiz va hakozo... Biz o'zimiz JCHga chiqishimiz kerak. Bu mavzuni yopamiz va ertangi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. Endi oldimizda boshqa mundial saralashi bo'ladi va unda munosib ishtirok etish lozim.
- 2007 yil terma jamoadagi debyutingizni o'tkazdingiz. Ilk chaqiruvni eslay olasizmi?
- "Nijniy Novgorod"da o'ynab yurgan paytimda ilk chaqiruvni olganman. U paytda Karpenko, Koshelev, Baqoev va Geynrixlar ancha yosh bo'lishgan. Hozirgi terma jamoa bilan solishtirish niyatim yo'q-ku, ammo u paytda kuchli terma jamoa bo'lgan.
- Bundesliga (nemec) OVCHARKASI bilan ....
- Agar amplua va familiyalarga qarasak, o'sha davrdagi terma jamoamiz juda kuchli bo'lgan. Ammo bugungidek sharoitga ega emasdik. Siz esa jamoaning eng yosh futbolchisi bo'lgansiz.
- U paytda juda ham ahil jamoaga ega edik. Bugun ham shunday. Familiyaga qaraylik - Fyodorov. Bugun ham bizning safda ko'p yoshlar shug'ullanishyapti. Kozak, Sergeev, Iskanderov. Ularga hozir osonroq. CHunki ularda poydevor bor. Birgalikda jahon miqyosidagi turnirlarda o'ynashdi.
- Endi ularni sizlar manaviy tomondan qo'llab-quvvatlashingiz talab etiladi...
- Gonkong bilan o'yinning birinchi bo'limida o'yinimiz o'xshamadi. Tanaffus paytida jamoamizning katta yoshdagi o'yinchisi, nomini aytmayman, bitta yosh futbolchimizni ruhlantira oldi. Unga o'zini qo'lga olishi va xotirjam o'ynashi kerakligini aytdi. Ikkinchi bo'limda esa uni o'yinida ijobiy tomonga o'zgarish bo'ldi.
- Sizda ham shunday bo'lganmi, bo'lgan bo'lsa kimlardan ko'p yordam olgansiz?
- Ashurmatov, Fyodorov, Karpenko, Aliqulov va SHackix. Maydon ichida ular men uchun tayyor qo'llanma edilar.
- Qorli dastxat
- Hamma himoyachilarni hurmat qilgan holda shuni aytishim mumkinki, Fyodorov so'nggi 20 yillikning eng kuchli himoyachisi!?
- Bo'lmasamchi, mening u kishiga bo'lgan hurmatim juda yuqori. Fyodorov bugungacha mendan hol-ahvol so'rab turadi. Otam bilan ham yaqin tanish. Undan juda ko'p narsalarni o'rganganman.
- 2007 yil Osiyo chempionatda to'p tepdingiz. So'nggi ikkita Osiyo chempionatida terma jamoamiz muxlislarni quvontira olyapti. Siz uchun Osiyo chempionatida to'p tepish qiziqmi? Evropadagi barcha futbolchilar "Evro"ni kutishadi. Bizda ham futbolchilar Osiyo Kubogini kutishadimi? Bir tomondan olsak, Osiyoda ham futbol kuchayib boryaptimi?
- Bo'lmasamchi, masalan men qita chempionatini kutaman. Bu mening qitammi, men uchun uning o'rni katta.
- Vetnam va Gonkong terma jamoasi ham bugun futbol o'ynay olishlarini ko'rsatishyapti...
- Albatta. Xuddi biz kabi, boshqalar ham o'sishga erishyapti. Lekin bu Gonkongga yutqazishimiz kerak degani emas. Istedod jihatdan biz ustunmiz. Bazan o'yin o'xshamaydi, bo'ladi bunaqasi ham. SHunday paytda "taxta" (o'zbekcha tallafuzda aytadi) deyishadi. Xato qildikmi, yana to'pni olib hujum qilishimiz kerak. Vetnam bilan o'yinda Osiyo Kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritishimiz kerak edi. Unga qadar bir marotaba yutqazdik, o'z maydonimizda durang o'ynadik. Hammasiga o'zimiz aybdormiz.
- Mana ...

Fikrlar