So’nggi yangiliklar

08:21Про лига. Бугун Бухорога катта футбол қайтади  0 07:45Суперлига. Чемпионлар Фарғонага сафар қилади. «Қизилқум» эса яна бир водий жамоасини меҳмон қилади  1 01:55Роберт Левандовски: "2020 йил "Олтин тўп" топширилмаганини ҳеч тушунмайман"  3 01:24"FourFourTwo" ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди  7 01:08Расман: Пеп Гвардиола "Манчестер Сити" билан шартномасини узайтирди  0 00:41Эрлинг Холанд: "Гвардиола энг яхши мураббий, балки тарихдаги энг зўридир"  1 00:14"Челси"нинг "биллур" футболчиси яна сафдан чиқди  1 23:43Нодир Абдураззоқов: "Энди мавсумни чиройли якунлашимиз ва оғзимиздаги ошни олдириб қўймаслигимиз керак"  5 23:19Хави "Интер Майами" бош мураббийи бўладими? Инсайдерлар маълумот беришди  0 22:49АПЛ клублари сўнгги 10 йилликда трансферлар учун қанча ишлатишди?  1 22:22"Ювентус"га "Челси" футболчиси керак  0 21:57Нико Уильямс болалигидаги кумирлари ким бўлганини айтди  12 21:34Максим Шацких: "Черан, Собирхўжаев борасидаги саволлар менга берилмасин. Бу мавзу ёпилган"  25 20:57Миржалол Қосимов: "Натижадан ҳам ўйиндан ҳам қониқдим"  3 20:36Суперлига. ОКМК "Жар"да "Пахтакор"ни мағлуб қилди  6

Vazirlar Mahkamasi qarori ijrosi, “Istiqlol”ning keyingi taqdiri, viloyatda klublar soni oshirilishi. Farg'ona viloyati futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Nosir Otaqo'ziev bilan suhbat Yangiliklar

Vazirlar Mahkamasi qarori ijrosi, “Istiqlol”ning keyingi taqdiri, viloyatda klublar soni oshirilishi. Farg'ona viloyati futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Nosir Otaqo'ziev bilan suhbat

Xo'sh, hukumatimiz tomonidan qabul qilingan mazkur normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi yuzasidan joylarda qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora tadbirlari to'g'risida” 2019 yil 4 dekabrdagi PF-5887-son Farmoni ijrosini taminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Xududiy futbol associaciyalari faoliyatini yanada qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida” 2020 yil 22 may kungi 311-son Qarori qabul qilindi. 

Xo'sh, hukumatimiz tomonidan qabul qilingan mazkur normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi yuzasidan joylarda qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Biz ushbu masala yuzasidan Farg'ona viloyati futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Nosir Otaqo'ziev bilan suhbatlashdik.

- Nosir aka, xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining “Xududiy futbol associaciyalari faoliyatini yanada qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida” 2020 yil 22 may kungi 311-son Qarori qabul qilindi. Mazkur qaror ijrosi yuzasidan Farg'ona viloyatida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
- Avvalo muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoevning sportga, xususan futbolga bo'lgan etibori barchamizga birdek quvontiradi va katta masuliyatlarni yuklaydi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora tadbirlari to'g'risida”gi 2019 yil 4 dekabrdagi PF-5887-son Farmoni ijrosini taminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Xududiy futbol associaciyalari faoliyatini yanada qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi 2020 yil 22 may kungi 311-son Qarori qabul qilinishi xududiy futbol associaciyalariga yanada kengroq imkoniyatlarni taqdim etadi. Ochig'ini aytganda, bu kabi hukumat darajasidagi hujjatlar hali bizda qabul qilinmagan edi. Mazkur hujjatlarda futbolga shu qadar katta etibor berilganki, masalan bir yosh bolakayning maktabgacha talim muassasasidagi faoliyatidan boshlab to kelajakda professional futbolchi bo'lib etishishigacha bo'lgan davr batafsil tushuntirib berilgan. Bu o'z-o'zidan futbolda tizim ishlashi lozimligini, aytib o'tganimdek, bola maktabgacha talimdayoq futbolga qiziqa boshlasa, keyinchalik umumtalim maktabida, so'ngra BO'SMda, o'z kelajagini futbolda ko'rayotgan bo'lsa, albatta futbol mahorat maktablari(akademiya)da tahsil olishi kerakligini ko'rsatadi. Haqiqatdan ham futbolda tizim ishlaydigan bo'lsa, birinchi navbatda bolalar futboli rivojlanadi, o'zbek futbolining poydevori mustahkam bo'ladi.



Barchamizga malum, endilikda xududiy futbol associaciyalari mahalliy hokimliklar ko'magi ostida byudjet mablag'laridan moliyalashtiriladi, moddiy-texnika bazalari taminlanadi. Farg'ona viloyati hokimi SHuhrat Madaminovich G'aniev futbolga befarq bo'lmagan inson. Ko'pchiligimiz yaxshi bilamiz, u kishi ham aslida sportchi hisoblanadi. SHaxsan meni viloyat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti lavozimida faoliyat boshlashimga ham aynan SHuhrat Madaminovich sababchi bo'lganlar. U kishi meni yoniga chaqirib, mana ozmi ko'pmi, futbol ichida yuribsan, mamlakatimiz darajasida tanilgan futbolchi bo'lib etishding, endi ana shu tajribalarni yoshlarga o'rgatish, viloyat futboli rivojiga o'z hissangni qo'shish vaqti etib keldi deb aytib o'tgandilar. Albatta, men bu ishonchni oqlashga astoydil harakat qilaman.O'z navbatida boshqa viloyatlar futbol associaciyalari faoliyatiga ham nazar tashlasak, masalan Andijonda Bekzod Karimov, Namanganda SHuhrat Mirxoldirshaev, Sirdaryoda Rustam Qodirov, Xorazmda Maqsud Karimovlar vice-prezident sifatida faoliyat olib bormoqdalar. Futbol bu - bizga begona kasb emas, futbolni ichida o'sdik, katta tajriba to'pladik.

Respublikamiz miqiyosida qabul qilingan huquqiy-meyoriy hujjatlar ijrosini taminlash maqsadida tezkorlik bilan viloyatimiz hokimining qarorlari qabul qilindi. SHuni alohida takidlash o'rinli bo'lardiki, viloyatimiz hokimi SHuhrat G'aniev bizni, xususan Farg'ona futboli rivoji uchun harakat qilmoqda, bevosita qo'llab-quvvatlamoqda. Amalga oshirilayotgan ishlarga yaqqol misol tariqasida aytish mumkinki, viloyatimiz hokimi tashabbuslari bilan Farg'ona viloyati futbol associaciyasiga jami 4 gektardan ziyodroq xududni qamrab olgan “Futbol markazi” binosi foydalanish uchun taqdim etildi. Mazkur markazda anjumanlar zali, futzal maydoni, 4 ta futbol o'ynash uchun suniy qoplamali maydonlar, shuningdek, viloyat futbol associyaciasi mutaxassislari mehnat faoliyatlarini olib borishlari uchun alohida xonalar mavjud. Amalga oshirmoqchi bo'lgan rejalarimiz qatorida kelajakda ushbu markazni ko'ngilochar maskanga aylantirish masalasi turibdi. Ushbu markaz viloyat aholisini sportga jalb etish, sog'lomlashtirish maskani sifatida shakllanadi. Bundan tashqari markaz joylashgan xududdagi mahalla fuqarolar yig'ini bilan ham muzokaralar o'tkazdik. Ushbu muzokaralardan maqsadimiz mahalliy yoshlarni futbolga keng jalb qilish, futbolning ommaviyligini oshirish kabi vazifalardan iborat.Xususan taniqli sobiq futbolchilar Anvar Berdiev, Iqbol Akramov, Mansur Saidovlar bilan futbol to'garaklarni tashkil etish bo'yicha o'zaro kelishuvga erishdik. Yurtimizda koronavirus pandemiyasi bartaraf etilishi bilan mazkur to'garaklar o'z faoliyatini boshlaydi.

- Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 may kungi 311-son Qaroriga ko'ra, endilikda har bir tuman yoki shaharda o'z stadioniga ega bo'lgan futbol klubi mavjud bo'lishi haqida alohida band mavjud. Ushbu band ijrosini taminlash bo'yicha viloyatda qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
- Vazirlar Mahkamasining ushbu Qarori ijrosini taminlash bo'yicha, viloyatimiz hokimining 137-sonli Qarori qabul qilindi va bu zimmamizga katta masuliyatli vazifalarni yukladi. Farg'ona viloyatida jami 19 ta tuman va shahar mavjud. Hozirgi kunda viloyatimiz birinchiliklarida ishtirok etib kelgan 14 ta jamoa bor bo'lsa, biz bu borada ishlab, ularning sonini 20 taga etkazish bo'yicha harakat qilmoqdamiz. Nega 20 ta demoqdamiz? CHunki masalan Oltiriq tumanini o'zida 2-3 ta raqobatbardosh futbol klubi bor, o'ylagan maqsadlarimizni to'liq amalga oshira olsak, viloyatimiz birinchiliklarida ishtirok etadigan jamoalar soni 25 tadan ortishi ha mumkin.

Bilasiz, viloyatimizda “Hokim kubogi”, “Prokuror kubogi” kabi ommaviy futbol musobaqalari o'tkazib kelinadi. Rejamizga ko'ra, joriy mavsumdan etiboran ular qatoriga “Farg'ona viloyati futbol associaciyasi kubogi” musobaqasi ham qo'shilishi kerak edi. Hozirda mavjud sharoitdan kelib chiqib mazkur masala bo'yicha ishlayapmiz, nasib bo'lsa albatta amaliyotga tatbiq etiladi.



- Viloyat futbol associaciyasining OAV bilan ishlash xolati qanday? Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalari bormi? SHuningdek, 2-liga musobaqlarini mahalliy televidenielarda yoritish bo'yicha ishlar olib borilmoqdami?
- Albatta, viloyat futbol associaciyasi OAV vakillari bilan uzviy aloqada bo'lgani xolda ish olib boradi. Bizning telegram, feysbuk, yutub kabi ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalarimiz mavjud va ularda viloyatimiz va o'zbek futboliga oid yangiliklar, videoroliklar muntazam joylab borilmoqda. SHuningdek, 2-liga uchrashuvlarini viloyat televideniesi orqali yoritib borish bo'yicha muzokaralar o'tkazib, bu borada kelishuvga erishganmiz.

- Ayni vaqtda O'zPFL tomonidan tashkil etiladigan ligalarda Farg'ona viloyatidan jami 4 ta klub ishtirok etmoqda. Superligada “Qo'qon-1912”, PRO-Ligada “Neftchi”, “Istiqlol” va “Turon” jamoalari. Ushbu jamoalarning ayni damdagi xolati qanday?
- Biz ushbu futbol klublari bilan munatazam yaqindan aloqada bo'lib turibmiz. Barcha 4 ta jamoaning ham stadionlariga borib, ayni damdagi xolatlarini o'rganib keldik. “Qo'qon-1912” jamoasining uy stadioni Superliga talabalariga to'laqonli javob beradi. “Turon” jamoasiga tegishli stadion ham, Qirgulidagi “Neftchi” stadioni ham qayta tamirdan chiqarilib, mavsumga shay xolatga keltirilgan. SHu o'rinda “Neftchi” jamoasi o'yingohida olib borilgan bunyodkorlik ishlari uchun Farg'ona viloyati hokimligiga, Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi rahbariyatiga o'z minnatdorchiligimni izhor qilgan bo'larim. Endi “Istiqlol” jamoasiga haqida aytadigan bo'lsak, bu jamoa yangi mavsumni muhtasham “Istiqlol” stadionida o'tkazadi deb ayta olaman. Bu borada barcha kelishuvlar amalga oshirilgan.

- Nosir aka, mazmunli suhbat uchun rahmat! Kelgusidagn faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Bekzod Tolibov suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика