So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Vazifa bajarildi, buyog'i nima bo'ladi? Yangiliklar

Vazifa bajarildi, buyog'i nima bo'ladi?

Kuni kecha O'zbekiston milliy terma jamoasi safarda Gonkongni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, saralash bahslariga tugashiga bir tur qolganda Osiyo Kubogi-2015 yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Endi 5 mart kuni Toshkentda BAA termasi bilan kechadigan bahs amalda hech narsani anglatmasa-da, biz uchun bu jamoa ustidan g'alaba qozonish nihoyatda muhim. CHunki u yoqda bo'lib o'tgan bahsda 1:2 hisobida mag'lub bo'lganmiz va hali-beri o'sha mag'lubiyatni unutganimiz yo'q.

Qisqa vaqt oralig'ida o'tkazilgan Vetnam va Gonkong bilan kechgan bahslarda gol o'tkazmasdan g'alaba qozonish juda yoqimli bo'ldi. Ayniqsa, Gonkongga qarshi terma jamoamizning ishonchli to'p surgani hammamizni quvontirdi. Eldor Suyunov, Sardor Rashidov, Jamshid Iskanderov, Vohid SHodiev, Davron Hoshimov, Igor Sergeev kabi milliy jamoada endi-endi o'yinlari sonini oshirib borayotgan futbolchilarning ko'rsatgan o'yini ko'pchilikka maqul keldi.

Malumki, O'zbekiston JCH-2014 saralash bosqichining Osiyo mintaqasi pley-off bahslarida Iordaniya to'sig'idan o'ta olmagach, terma ustozi Mirjalol Qosimov istefo berishga tayyorligini aytdi. Ammo O'FF prezidenti bosh murabbiyning istefosini qabul qilmagach, Mirjalol Qo'shoqovich “Bunyodkor” bilan birgalikda terma jamoani ham boshqarishda davom etdi. O'shanda O'FFga tegishli axborot manbalarda Qosimovning yanvargacha terma jamoada ishlashi, keyin o'rniga boshqa murabbiy tayinlanishi haqida xabarlar chiqdi.

Mana endi noyabrdan o'rin olgan ikkita rasmiy bahsimiz bo'lib o'tdi va buyog'iga O'FFning terma jamoa bosh murabbiyi borasida qanday qaror chiqarishini kutamiz, xolos. Federaciya rahbari yanvarda yangi murabbiy bilan shartnoma imzolaydimi yoki Qosimov o'z o'rnida qolib ishlashda davom etaveradimi? Bu hozircha ochiq qolayotgan masala. Lekin bizgacha etib kelgan mish-mishlarga qaraganda, terma jamoaga boshqa murabbiy olib kelmasdan Mirjalol Qosimovning o'zi postda qolish ehtimoli ko'proq ekan. Nazarimizda, hozir O'FF oldida terma jamoani bundan keyin qaysi chet ellik murabbiy boshqarishi to'g'risida aniq nomzodlar bo'lmasa kerak. Kim bilandir muzokara olib borilyaptimi, bundan ham xabarimiz yo'q.

Futbolimizning bosh tashkiloti tomonidan sal keyinroq “Mirjalol Qosimov terma jamoani Osiyo chempionati final bosqichiga olib chiqdi, shunday ekan, u ishlashda davom etaveradi” qabilidagi gaplar yangrab qolishi mumkin. Bundan tashqari, kelasi yil terma jamoamiz faqat bitta rasmiy o'yinda qatnashar ekan, xolos. Yani, 5 mart kuni BAAni qabul qilamiz. Agar yangi murabbiy tayinlasa, u yil bo'yi nima qiladi? O'rtoqlik o'yinlaridan-ku sado yo'q. Tabiiyki Mirabror Usmonov mana shunday malumotlarga ega bo'lganidan keyin “O'zi atigi bita o'yinimiz bor ekan, murabbiyni o'zgartirishdan ne foyda? Qosimov o'rnida qolaversin” demaydimi? Har holda hozirgi taxminlar shunga o'xshash fikrni ilgari suryapti.

Xo'sh, hozir biz uchun bosh murabbiyni o'zgartirish eng dolzarb masala hisoblanadimi? Agar bu savolga “Ha” deb javob beradigan bo'lsak, unda qanday asoslarga ko'ra Qosimovning istefosini talab qilgan bo'lamiz? Terma jamoani jahon chempionatiga olib chiqmagani uchunmi? Agar faqat shu narsa sabab qilib olinadigan bo'lsa, unda nafaqat Qosimovni, balki hech bo'lmaganda yana 10 kishini ishdan olib tashlash kerak bo'ladi. O'FF barchaga birdek chora ko'rishga jazm qila olsa, unda marhamat, bosh murabbiyniyam, keyin boshqalarniyam (ayniqsa, Terma jamoalar markazida faoliyat olib borayotganlarni) istefoga chiqarib yuborsin. Mana shunda nimadir adolatli hal qilingan bo'ladi.  Yo'qsa, terma jamoaga yangi murabbiy kelgan taqdirda ham, unga bir qator qulayliklar yaratib berishi kerak bo'lgan yon-atrofdagilar hozirgidek o'ta loqayd, beparvolik bilan yuragi jiz etmasdan ishlashda davom etaversa, hatto Xiddink kelgani bilan biror natijaga erishishimiz amrimahol. Zero, mashinaning faqat motori ishlab tursa-yu, boshqa qismlarida hadeb muammo chiqaversa, o'sha mashina bir-ikki qadam oldinga siljigani bilan baribir manzilga etib borolmaydi.

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика