Vau! Messi Valverdedan 6 nafar futbolchini sotishni so'radi
21 avg 2017 20:58
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/273078_original.jpg)
![](/upload/storage/273078_220.jpg)
Vau! Messi Valverdedan 6 nafar futbolchini sotishni so'radi
Neymarning PSJga o'tib ketishi jamoadagi muammolarni yanada chuqurlashtirdi. Klubda ichki muhit ham yaxshi emasdek ko'rinmoqda. Bunga yaqqol misol sifatida Messining bosh murabbiy Ernesto Valverdega aytgan gaplarini keltirish mumkin. "Don Balon"ning "Express"ga tayangan holda malum qilishicha, Messi olti nafar o'yinchining sotilishini xohlamoqda. Deulofeu va Nelson Semedular "Barselona" standartlaridan past darajadagi o'yinchilar, Luka Din va Andre Gomesh o'tgan mavsum yomon o'yin ko'rsatishdi. Bundan tashqari, Messining fikricha o'ng qanot himoyachisi Aleish Vidal ham sotilishi kerak. Eng ajablanarlisi, o'tgan yilgi chiroyli o'yinlariga qaramay, darvozabon Mark Andre Ter-SHtegen ham Ispaniya Superkubogida "Real"dan o'tkazgan beshta gol sabab ketishi kerak deb hisoblamoqda argentinalik futbolchi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar