Vatcke: "Klopp istaganicha ishlaydi"
23 okt 2014 00:57
Yangiliklar


Vatcke: "Klopp istaganicha ishlaydi"
"Borussiya D" bosh menejeri Xans-Yoaxim Vatcke jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp haqida o'z fikrini aytdi.
Men har doim aytganman, hal qiluvchi qarorni Yurgen Kloppni o'zi qabul qiladi. U qancha xohlasa o'shancha ishlashi mumkin. Bizning ishlarimiz yaxshi kechdi. Ko'p yaxshi natijalarga erishdik, bir qancha sovrinlarni qo'lga kiritdik. Nega endi bir omadsiz seriyalar uchun Yurgen Kloppning kelajagi so'roq ostida bo'lishi kerak. Hozir bu haqida o'ylashning vaqti emas.

Fikrlar