Vardi "Siti" bilan o'yin haqida: "Imkon qadar ko'proq ochko jamg'arishga harakat qilamiz"
01 may 2019 21:45
Yangiliklar


Vardi "Siti" bilan o'yin haqida: "Imkon qadar ko'proq ochko jamg'arishga harakat qilamiz"
"Lester" hujumchisi Jeymi Vardi APL 37-turida "Manchester Siti"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
"Keyingi hafta bo'ladigan "Manchester Siti"ga qarshi o'yinni intizorlik bilan kutmoqdamiz. Imkon qadar ko'proq ochko jamg'arishga harakat qilamiz", - deydi Vardi.
32 yoshli Jeymi Vardi shu paytga qadar "Siti" darvozasini 5 marta ishg'ol qilgan.
Eslatib o'tamiz, 36 ta turdan so'ng, "Manchester Siti" birinchi (92 ochko), "Liverpul" ikkinchi o'rinni (91) band etib turibdi.
APL turnir jadvali bilan tanishing>>> 37-turdan oldin
O’xshash yangiliklar

Fikrlar