Vardi Ronalduni ortda qoldirib, Torres va Azar bilan tenglashib oldi
30 sen 2019 00:40
Yangiliklar


Vardi Ronalduni ortda qoldirib, Torres va Azar bilan tenglashib oldi
APL 7-turida Lester o'z maydonida Nyukaslni tor-mor (5:0) etdi.
«Tulkilar» forvardi Jeymi Vardi ushbu bahsda o'z hisobiga dubl rasmiylashtirdi va Premer-Ligadagi gollari sonini 85taga etkazdi. Vardi mazkur ko'rsatkich bo'yicha Krishtianu Ronaldudan (84 gol, 196 o'yin) o'tib ketib, Fernando Torres (85, 212) hamda Eden Azar (85, 245) bilan tenglashib oldi.
Faqat farqi shundaki, Vardi bu natijaga boshqalarga nisbatan kamroq o'yinda (183) erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar