Van Persi: "Qo'llab-quvvatlash uchun rahmat, ayniqsa tibbiy bo'limga"
07 noy 2016 19:16
Yangiliklar
Van Persi: "Qo'llab-quvvatlash uchun rahmat, ayniqsa tibbiy bo'limga"
"Akxisar Belediespor"ga qarshi Turkiya chempionati 10-turida ko'zini shikastlab olgan Robin van Persi qo'llab-quvvatlash uchun barchaga minnatdorchilik bildirdi.
"Qo'llab-quvvatlash uchun hammaga rahmat, ayniqsa meni nazorat qilib turgan tibbiy bo'limga. Ko'zimda jarohat bor, ammo tibbiy tekshiruvdan so'ng hammasi yaxshi deyishim mumkin. Bunaqasi futbolda uchrab turadi.
Jamoamning natijasidan va g'alabadan xursandman. Endi bor etibor derbiga qaratiladi" - daydi van Persi.
Fikrlar