Van Persi - Maradona haqida: "U mening oyog'imni o'pdi"
03 dek 2020 00:46
Yangiliklar


Van Persi - Maradona haqida: "U mening oyog'imni o'pdi"
Niderlandiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Robin van Persi yaqinda olamdan o'tgan futbol afsonasi Diego Maradona haqida gapirdi.
Maradona haqida
"Yoshligimda Maradonadan ilhomlanganman. U noyob futbolchi va inson edi.
Ha, Diegoning hayotida xatolar bo'lgan, ammo kim begunoh?"
Maradona bilan Dubaydagi uchrashuv
"Robbi, Robbi!" – ovoz eshitildi. U oldimga kelib, meni o'pdi, quchoqladi va unga qanchalik yoqishimni aytdi.
Maradona tarjimon yordamida ajoyib nutq so'zladi va mening chap oyog'im haqida gapira boshladi.
"Robbi, sening chap oyog'ing menikiga o'xshaydi. Ikkalamizda ham betakror chap oyoq bor", – dedi u.
Keyin oyog'imni ushladi va o'pdi", – voqeani esladi van Persi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar