Van Persi: “Faoliyatimda kuchli mutaxassislar bilan ishladim, ammo u super murabbiy edi”
24 may 2020 20:20
Yangiliklar
Van Persi: “Faoliyatimda kuchli mutaxassislar bilan ishladim, ammo u super murabbiy edi”
Niderlandiyalik sobiq forvard Robin van Persi faoliyatidagi eng yaxshi murabbiy kim ekanligi haqida aytdi.
“Fergyuson super murabbiy edi. U yaxshi kayfiyat bilan butun jamoani qo'llab-quvvatlardi va bu juda ajoyib bo'lgan.
Venger esa Fergyuson hamda van Galning kombinaciyasi. Arsen doimo ijobiy narsalarga etibor qaratardi va uzoqni ko'zlagan holda fikr yuritardi.
Taktika jihatdan van Gal daho bo'lgan. Buni inkor etib bo'lmaydi.
Faoliyatimdagi murabbiylarning har biri kuchli tomonlarga ega, ammo Fergyuson super murabbiy edi” deya so'zlarini tugatgan van Persi.
Fikrlar