Van Marveyk: "Jahon chempionatining Qatarga berilishi - katta xato"
26 noy 2013 18:51
Yangiliklar


Van Marveyk: "Jahon chempionatining Qatarga berilishi - katta xato"
"Gamburg" bosh murabbiyi Bert van Marveyk FIFAning 2022 yildagi jahon chempionatini Qatarda o'tkazish haqidagi qarorini tanqid qildi.
"Bu mamlakatda futbol madaniyati yo'q. Bunday qarorni qabul qilish - katta xato. Bunday issiqda to'p tepish - tentaklik.
"Men yaqinda Blatter qaysidir tadbirda, sahnada Krishtianu Ronalduga parodiya ko'rsatib bergani videosini ko'rib qoldim. Agar siz ham uni ko'rganingizda, Qatar qanday qilib jahon chempionati o'tkazish huquqini qo'lga kiritganini tushungan bo'lardingiz", dedi golland.

Fikrlar