Van Gal: “Yil davomida penaltilar ustida ishladik va baribir yutqazdik”
10 dek 2022 08:45
Yangiliklar
Van Gal: “Yil davomida penaltilar ustida ishladik va baribir yutqazdik”
JCH-2022 chorak finalida Argentinaga penaltilar seriyasida imkoniyat boy berilganidan keyin Niderlandiya TJ ustozi Lui van Gal o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Yil davomida penaltilar ustida ishladik, ammo oxir-oqibat baribir mag'lub bo'ldik. Futbolchilardan klublarida penalti tepishni so'ragandim va ular buni amalga oshirishdi. Biroq, dastlabki ikkita penaltini ura olmasang, g'alaba qozonolmaysan.
Nazarimda, penalti (asosiy vaqtdagi) shubhali edi. Buni ko'rib chiqmoqchiman. Lekin, biz hakam tufayli yutqazmadik”, deydi van Gal.
Fikrlar