Van Gal Yanuzayni ijaraga bermoqchi
23 dek 2014 13:48
Yangiliklar


Van Gal Yanuzayni ijaraga bermoqchi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui van Gal jamoaning 19 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Adnan Yanuzayni ijaraga berish yo'llarini ko'rib chiqmoqda.
Xabarlarga ko'ra, gap yarim yillik ijara haqida ketyapti. Yanuzayga davogarlar safida "Real Sosedad" va "Inter" jamoalari bor.
Yanuzay Premer-ligada bu mavsumda "Qizil iblislar" safida 10ta o'yinda maydonga tushib, birorta ham gol urmagan.

Fikrlar