Van Gal: "Mourino kaminaga va "Barselona" prezidentiga baqirgan va keyin men uni ishga olganman"
13 fev 2015 14:49
Yangiliklar


Van Gal: "Mourino kaminaga va "Barselona" prezidentiga baqirgan va keyin men uni ishga olganman"
Ayni damda "Manchester Yunayted"ga ustozlik qilayotgan "Barselona"ning sobiq bosh murabbiy Lui van Gal Kataloniya klubida hozirda "CHelsi" bosh murabbiyi bo'lib turgan Joze Mourinoni ishga qanday olgani haqida so'zlab berdi.
Portugaliyalik mutaxassis ko'k-anorranglilar safida o'sha paytdagi klub bosh murabbiyi Bobbi Robsonga tarjimon bo'lgan. Robson ispan grandini tark etganidan so'ng, jamoaga van Gal kelgan.
"Mourino Robsonni himoya qilishga tushib ketti. U menga va Nunesga baqirdi! Joze Robsonga juda vafodor edi. Aynan o'shanda unga menga yordamchi bo'lishini aytganman. Joze o'zining jahli bilan meni etiborimni tortdi. U o'zini yaxshi tomondan ko'rsatdi" - deydi van Gal.
Eslatib o'tamiz, van Gal 1997 yildan 2000 yilgacha va 2002dan 2003 yilgacha "Barselona"ni boshqargan.

Fikrlar