Van Gal: "Bavariya" prezidenti bilan bahsda men g'olib chiqdim"
28 fev 2018 17:44
Yangiliklar


Van Gal: "Bavariya" prezidenti bilan bahsda men g'olib chiqdim"
"Bavariya" sobiq bosh murabbiyi Lui van Gal klub prezidenti Uli Xyoness bilan Myunxen grandida ishlagan vaqtidagi bahs haqida aytib berdi.
"Qaytish? Klubda Uli Xyoness prezident bo'lgan paytda, yana "Bavariya"da ishlamagan bo'lardim. Filipp Lam chap qanot himoyachisi rolida o'ynardi, ammo men uni qarama-qarshi qanotga oldim. SHundan so'ng Xyoness bilan bahslashib qoldim, u Lamning chapda o'ynashini istagan. Voqealar rivoji men haq ekanligimni isbotladi. Filipp o'ng qanotda o'ynab CHempionlar ligasi va jahon chempionatida g'olib bo'ldi" - deydi van Gal.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar