Van Deykning tog'asi nega futbolchining libosida uning familiyasi yozilmaganini aytdi
26 mar 2020 12:31
Yangiliklar


Van Deykning tog'asi nega futbolchining libosida uning familiyasi yozilmaganini aytdi
"Liverpul" himoyachisi Virjil Van Deykning libosida nega familiyasi yozilmagani malum bo'ldi.
Takidlanishicha, o'yinchining bu poziciyasi bolalikdagi o'tmishi bilan bog'liq.
- Hayotidagi doimiy umidsizliklar va o'tmishdagi asoratlarga qaramay, u erishgan narsalar juda hayratlanarli. Uning ota-onasi ajrashishgan, otasi esa Virjilning onasini uchta bola bilan tashlab ketgan.
Buni kechirish qiyin. To'g'risini aytganda, otasi uning hayotidagi muhim lahzalarda doim ham birga bo'lmagan, bu hikoyaning qahramoni esa uning onasi, - deydi o'yinchining tog'asi Stiven Fo Siev.
Eslatib o'tamiz, Virjil o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra "Oltin to'p" so'rovnomasida ikkinchi o'rinni egalladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar