Van Deyk: "Gollandiya terma jamoasi Evro-2020 yo'llanmasini qo'lga kiritmoqchi"
20 noy 2018 11:20
Yangiliklar


Van Deyk: "Gollandiya terma jamoasi Evro-2020 yo'llanmasini qo'lga kiritmoqchi"
Gollandiya terma jamoasi himoyachisi Virjil van Deyk Millatlar ligasining so'nggi tur o'yinida Germaniyaga qarshi bo'lib o'tgan bahs (2:2) haqida fikr bildirdi.
Ushbu durang gollandiyaliklarni Millatlar ligasi yarim finaliga olib chiqdi.
"Guruhni birinchi o'rin bilan yakunlash ajoyib. Hammamiz bu bilan faxrlanishimiz kerak. Har bir o'yinda bor kuchimizni ishga soldik va munosib taqdirlandik.
Biz Evro-2020 yo'llanmasini qo'lga kiritmoqchimiz, asosiy vazifamiz shu. Agar Millatlar ligasida g'olib bo'lishni xohlaymiz, ammo birinchi navbatda Evropa chempionati yo'llanmasini naqd qilib, mamlakatni biz bilan faxrlanishini istaymiz" - deydi himoyachi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar