Van Deyk Germaniyaga qarshi bahsdan so'ng hakamni bag'riga bosdi

Aslanov Jasurbek
20 noya 2018, 14:42
Gollandiya terma jamoasi himoyachisi Virjil van Deyk Germaniyaga qarshi Millatlar ligasi o'yinidan (2:2) so'ng hakam Ovidiu Xaceganni bag'riga bosdi.

O'yin boshlanishidan oldin referining onasi vafot etgan ekan. Bahs yakunlanganidan so'ng 27 yoshli van Deyk Xaceganni quchoqlab, hamdardlik bildirdi.

"U ko'zida yosh bilan turgan edi, chunki Xacegan onasidan ayrildi. Unga kuchli bo'lib qolishni, o'yinni yaxshi boshqarganini aytdim" - deydi van Deyk.

Ushbu vaziyatni Telegramdagi sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Eurosport