Van de Bek yanvarda “Barselona”ga o'tadi

Eldor Akmurzayev
1 noya 2021, 07:40
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Donni Van de Bek qishda kataloniyaliklar a'zosiga aylanishi mumkin.

Futbolchi bo'lajak transfer oynasida jamoani tark etishga qaror qilgan.

“Barselona” avvaldan niderlandiyalik futbolchini kuzatib keladi va yanvarda uni o'z safiga qo'shib olishga harakat qilib ko'rmoqchi. Jamoaga markazni kuchaytiruvchi va uzoqdan kuchli zarba bera oladigan futbolchi zarur. Van de Bek esa bu poziciyaga to'la mos keladi.

24 yoshli o'yinchi joriy mavsum APLda atigi 6 daqiqa maydonda harakat qildi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sport.es