Van de Bek "Manchester Yunayted"ga o'tadi?
16 mar 2020 17:26
Yangiliklar
Van de Bek "Manchester Yunayted"ga o'tadi?
"Ayaks" yarim himoyachisi Donni van de Bek "Real" bilan kelishuvga erishganiga qaramay faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, 22 yoshli futbolchining keyingi jamoasi "Manchester Yunayted" bo'lishi mumkin. Angliya klubi xavbekni yozgi transferlar oynasida xarid qilishga urinib ko'radi.
Bundan tashqari, van de Bekning manchesterliklar tarkibiga o'tishi faqatgina "Real"ning roziligi bilan bo'lishi mumkin. Bunday holatda "qaymoqranglilar" Donni bilan bo'lgan kelishuvidan voz kechadi va u "qizil iblislar" bilan muzokara olib borishi mumkin.
Van de Bekning "Real"ga transferi 55 million evro evaziga amalga oshishi kerak. Yarim himoyachi joriy mavsum Erediviziyada 23ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Манчестер Сити" камбэк орқали "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этди, Ҳусанов 61-дақиқада тўқнашувдан сўнг алмаштирилди
Роналду "Ал-Насср" раҳбариятига ультиматум қўйди: ёзда ўзгариш бўлмаса, у клубни тарк этади
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Fikrlar