"Valyadolid" 5 mln. evro evaziga Gvardiolani sotib oldi

Aslanov Jasurbek
26 yanv 2019, 15:49
"Kordoba" hujumchisi Serxi Gvardiola "Valyadolid"ga o'tdi.

27 yoshli futbolchi yangi klubi bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yozigacha amal qiladi.

Transfer 5 mln. evro evaziga amalga oshdi.

Gvardiola mavsumning birinchi qismini ijara asosida "Xetafe"da o'tkazdi, ammo LaLiganing 3ta o'yinida maydonga tushdi.

O'tgan mavsum u Segundaning 40ta uchrashuvida 22ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru