Valverde: "Iste'fo - adolatsizlik emasdi"

Mirjalol Normatov
13 fev 2020, 20:10
"Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi Ernesto Valverde o'zining iste'fosi haqida gapirdi.

"O'tgan oyda deyarli birorta o'yin ko'rmadim. Faqatgina "Atletik" va "Barselona" jamoalari ishtirokidagi o'yinni tomosha qildim. O'shanda futbolga biroz yaqinlashishni istagandim.

"Barselona"da ishlash - ajoyib tajriba. U yerda ishlaganimdan mamnun edim va har daqiqada iste'foga tayyor turgandim. O'tgan davrni tahlil qilsak, iste'fo adolatsizlik emasdi.

Yaqin vaqtlarda Yaponiyaga jo'nab ketaman va u erning futbolini tomosha qilaman. Inesta ushbu davlatni juda maqtadi.

YCHLda g'olib bo'lish oson emas. "Roma" va "Liverpul"ga qarshi o'yinlardagi mag'lubiyat bizni to'xtatdi. Ushbu turnirda barchasi bir o'yinga bog'liq. Agarda undan omadli o'tsang, marra seniki", - dedi Valverde.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal