Valverde: “Biz g'alabaga loyiq emasdik”
22 sen 2019 07:28
Yangiliklar
Valverde: “Biz g'alabaga loyiq emasdik”
“Barselona” bosh murabbiyi Ernesto Valverde La Liga 5-turi doirasida “Granada” (0:2)dan uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi.
“Meni o'yinlarimiz tashvishga solmoqda. Safarda yaxshi o'ynay olmayapmiz. Hujumlarni samarali yakunlashga kuchimiz etmayapti. Bu narsa “Borussiya”, “Osasuna”ga qarshi bahslarda ham yaqqol ko'rinib qoldi. Yaxshiroq bo'lishga harakat qilamiz.
Bo'lib o'tgan voqealar uchun javobgarlikni o'z bo'ynimga olaman. G'azabdaman, biz g'alabaga loyiq emasdik.
Raqibning harakatlarini tan olish lozim. Ular bizni taslim etishdi va yanada ko'proq gol urishlari mumkin edi”, deydi Valverde.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Умтити Месси ҳақида: "Фақатгина Месси ўйинни ёлғиз ўзи ютишга қодир эди"
"Ўзбекнефтгаз" "Насаф", "Бухоро" ва "Бунёдкор" клубларини молиялаштиришни тўхтатмоқда
Fikrlar