Valter Maccari: "CHempionlar ligasiga yo'llanma olish uchun borimizni beramiz"
21 noy 2013 19:31
Yangiliklar


Valter Maccari: "CHempionlar ligasiga yo'llanma olish uchun borimizni beramiz"
"Inter" bosh murabbiyi Valter Maccarri jamoa oldiga qo'yilgan maqsadlar haqida o'z fikrlarini bildirdi.
- Hali "Inter"ning yangi xo'jayini bilan gaplashmadi. Umuman olganda maqsadimiz o'zgargani yo'q: CHempionlar ligasiga chiqish. Buning uchun borimizni beramiz. Agar bu musobaqaga chiqa olsak rivojlanishda davom etamiz. Hozir jamoada avlodlar almashinuvi ketmoqda, shunday bo'lsa ham biz yuqori natijalarga erisha olamiz, - deydi Maccarri Sky Italia nashriga.

Fikrlar