So’nggi yangiliklar

14:18Нуньесга итальян гранди қизиқмоқда. "Ливерпуль" ҳужумчи учун 50-55 млн евро ва бонуслар хоҳлайди  0 13:42Конте "Наполи" бош мураббийлигидан кетиб, "Ювентус"ни бошқариши мумкин  1 13:14Лондон гранди "Ипсвич"га Делап бўйича таклиф билан чиқди  1 12:48"Ливерпуль" ўз футболчиси билан хайрлашишга тайёр  0 12:18Шикка "Арсенал", "Манчестер Юнайтед" ва "Челси" клублари қизиқмоқда  0 11:49Эшитдик-да! Ўзбекистон U-14нинг немис мураббийи терма жамоа билан Арманистонга бормади  1 11:23"ПСЖ галактикосдан қутулиб, ҳақиқий жамоага айланди. У финалга лойиқ эди. Энрике EЧЛда ҳеч ким юк бўлмаслиги кераклигини тушунади". Харгривс парижликлар таркиби ҳақида  39 10:49"Ал Ҳилол" АПЛдан мураббий олиб келмоқчи  2 10:20Элдор Шомуродов – А Серия 35-тур рамзий терма жамоасига киритилди  11 10:00Бразилия Осиё чемпионати финалчисини аяб ўтирмади  1 09:44EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  14 09:16"Бухоро" ҳали бери ўз майдонида ҳаракат қилмайдими? Лига Бухоро футбол академияси майдони юзасидан хавотирда  7 08:50Энрике Артетанинг гапларига жавоб қайтарди  22 08:27Ярим финалда мағлуб бўлган Артета нималар деди?  23 07:45Пролига. Бугун биринчи давранинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0

Vali Keldiev “Mashal”ni tark etdi yoxud o'zimizning murabbiylarga ishonch yo'qmi? Yangiliklar

Vali Keldiev “Mashal”ni tark etdi yoxud o'zimizning murabbiylarga ishonch yo'qmi?

Joriy mavsum “Mashal” o'rinbosarlarini yoshlar ligasida chempionlik sari etaklab kelgan Vali Keldiev “Mashal”ni tark etdi.
Vali Norpo'latovichning “Mashal”dan ketishi mumkinligi haqida chempionat yakuniga etganidan keyinoq gap-so'zlar chiqqandi. Buni qarangki, ushbu axborot to'g'ri bo'lib chiqdi va surxondaryolik murabbiy yaqinda klub bilan xayrlashdi.

Vali Keldiev bu yilgi mavsumda “Mashal” o'rinbosarlarini boshqarib, jamoani yoshlar ligasida chempionlik sari etaklab keldi. Muborakliklar 59 ochko jamg'arib, 1-o'rinni qo'lga kiritishdi. Ikkinchi va uchinchi o'rinlar esa “Neftchi” (55 ochko) bilan “Bunyodkor”ga (51 ochko) nasib qildi. Bundan tashqari, “Mashal” tarbiyalanuvchisi SHohrux Dostonov 14ta gol bilan birinchilik to'purari bo'ldi.

Bu “Mashal” yoshlarining birinchi chempionligi bo'lgani uchun bemalol muborakliklar zo'r natija ko'rsatishdi, shu bilan birga Vali Keldiev boshchiligidagi murabbiylar shtabi ham yaxshi ishladi deya olamiz. Lekin nimanidir bo'ldi-yu, mavsum yakuniga etganidan so'ng klub Keldievga yangi shartnoma taklif qilmadi.

Jamoa shu oyning yarmidan Yangierda yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi, biroq o'rinbosarlarni shug'ullantirish  uchun Vali Keldiev chaqirilmadi. Bizga malum bo'lishicha, Vali Norpo'latovich yangi shartnoma borasida klub rahbariyatiga murojaat qilgan, biroq tayinli javobni olmagan. Jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ham Keldiev bilan ishlash niyati yo'qligini bildirgan. (Sababi esa qorong'u). Yaqinda yana bir xabar tarqaldi: emishki “Mashal” o'rinbosarlarini kelasi mavsumda ukrainalik murabbiy Samir Gasanov boshqaradi.

Va bu murabbiy yanvarning boshlarida yurtimizga kelishi kutilyapti. Samir Gasanov “Mashal” uchun begona emas, u 2011 yil ham klubga kelgan, dastlab bolalar-o'smirlar akademiyasida ishlab, keyinchalik “Nasaf”ga o'tib ketgandi. Endilikda shu murabbiyning yana Muborakda faoliyat yuritishi kutilmoqda.

Agar Samir Gasanov “Mashal”da ishlaydigan bo'lsa, klub uni oliy liga “zayavkasi”dan o'tkazishi uchun PFLga 10 million so'm to'lashi kerak bo'ladi. CHunki PFL chiqargan qarorga muvofiq, kelasi yildan boshlab O'zbekiston fuqarosi bo'lmagan har qanday futbolchi, murabbiy yoki xodimning ishlashi uchun PFLga 10 mln. so'mdan o'tkazib berish lozim bo'ladi. SHunday bo'lganidan keyin “Mashal” Xomyakov va Gasanov uchun 20 million so'm to'lab berishga majbur bo'ladi. Bundan tashqari, legioner futbolchilarni ham unutmaylik.

Bizni qiziqtirayotgan masala shuki, nima uchun klub yoshlarini chempionlik sari etaklab kelgan murabbiy bilan shartnoma uzaytirilmadi? Bu borada Vali Keldiev bilan bog'langanimizda, murabbiy na klub rahbariyati, na bosh murabbiydan aniq javobni ololmaganini malum qildi. Bu esa o'z navbatida o'zimizning mahalliy murabbiylarga nisbatan ishonch yo'qmi degan savolni yuzaga keltiryapti. Bilamizki, “Paxtakor” va “Bunyodkor” yaxshi yoshlarga ega, biroq chempionlikni “Mashal” qo'lga kiritdi. CHempion bo'lgan jamoa murabbiyi esa tushunarsiz sabablarga ko'ra klubni tark etishga majbur bo'ldi.

Xullas, murabbiy va rahbariyat o'rtasida nima gap-so'z bo'lganidan to'liq xabarimiz yo'q, lekin fakt shuki surxondaryolik murabbiy yaxshi ishlab kelayotgandi. SHu bois bizni ikkita savol qiziqtirmoqda: birinchisi, Vali Keldiev nima uchun “Mashal” tark etdi, ikkinchisi, agar Samir Gasanov keladigan bo'lsa, u o'zbek futboli uchun nima qilib bera oladi?

X.Xoliqov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика