Valentin Kovalenko hakamlik faoliyatini yakunladi
02 mar 2021 11:55
Yangiliklar
Valentin Kovalenko hakamlik faoliyatini yakunladi
O'zbekiston Superliga bahslarida ishlaydigan arbitrlar va ularga nomzod bo'lgan yosh hakamlar uchun yanvar-fevral oylarida o'quv-mashg'ulot yig'inlari bo'lib o'tdi.
SHuningdek, Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazida (Video Assistant Referee) video yordamchi hakamlar tayyorlash bo'yicha mavsum oldi so'nggi nazariy-amaliy seminar tashkil etildi.
VAR hakamlari maydondagi mashg'ulotlarda FIFA VAR simulyatoridan foydalangan dolzarb mavzularda, hususan jarima maydonchasidagi qoida buzishlar, ofsayd, taktik qoida buzarliklar bo'yicha o'z malakalarini oshirdi.
Seminar yakunida taniqli FIFA referisi Valentin Kovalenko hakamlik faoliyatini yakunlaganligi munosabati bilan O'FA maxsus sovrini bilan taqdirlandi. O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov hamda futbol hakamlari ushbu mutaxassis shaniga iliq so'zlarni aytib, inctruktorlik faoliyatida muvaffaqiyat va zafarlar tiladi.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar