“Valensiya” “Napoli”dan Vargasni mavsum so'ngigacha ijaraga oldi
24 jan 2014 10:15
Yangiliklar


“Valensiya” “Napoli”dan Vargasni mavsum so'ngigacha ijaraga oldi
“Napoli” hujumchisi Eduardo Vargas ijara asosida “Valensiya”ga o'tadi.
“Napoli” 24 yoshli CHili terma jamoasi o'yinchisini 2014 yilning 30 iyunigacha “Valensiya” tarkibida to'p surishini tasdiqladi.
Avval berilgan xabarlarda, Vargasning yarim yillik ijarasi uchun ispan klubi 600 ming evro to'lashi haqida xabar berilgan edi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yili Vargas “Gremio”da ijara asosida to'p surgan.

Fikrlar