So’nggi yangiliklar

19:07Почеттино "Ньюкасл" бош мураббийига айланиши мумкин  0 18:38Миранчук "Аталанта"дан "Атланта Юнайтед"га ўтди  0 18:10"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Абдуллоҳ Абдураимов  0 18:00Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси (матнли трансляция)  48 17:4438 ёшли Хонда Бутан клуби билан 1 та ўйинга шартнома имзолади  1 17:20Суперлигада трансфер ойнасининг сўнгги кунида вазият қандай?  23 17:07Стив Брюс Ямайка терма жамоасида иш бошлаши мумкин  1 16:50Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси: Асосий таркибимиз маълум  39 16:17Ҳусниддин Алиқулов ва Остон Ўрунов бугунги ўйинни ўтказиб юборади  27 15:54Фабрицио Романо: "Атлетико" Конор Галлахер трансферига яқин  2 15:23"Челси" Лукакуни Осимхенга алишмоқчи  2 14:58"Арсенал" Саненинг атрофидаги вазиятни кузатмоқда  1 14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  31 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1

"Valensiya" klubi qanday qilib pul topadi? Yangiliklar

"Valensiya" klubi qanday qilib pul topadi?

Teglar :  Valensiya
Titul homiy bilan shartnoma imzolashda muammolar, yangi stadionni qurishda cho'zilib ketgan jarayon va shaxsiy brendni o'stirish kabi holatlar “Valensiya”da qanday?

Moskva biznes maktabida “Sport turlarida menejment” fakulteti talabalari “Valensiya” klubi biznes taraqqiyot bo'yicha bo'limi rahbari Xulian Salasdan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

- “Valensiya” uchun abadiydek cho'zilayotgan masala yuzasidan vaziyat qanday? Yangi stadion qurilishi jarayoni qay tariqa davom etmoqda?
- Ha, qo'shilaman. Darhaqiqat, bu juda uzoq tarix. Qandaydir afsuslanarli ham. “Nuevo Mestalla”ni qurishni o'n yil avval, 2017 yil boshlaganmiz. Bu loyihaga tugallanish nasib etmagan ekan. Hammasi to'xtab qoldi va yakunda boshi berk ko'chaga kirdi. Nega? Bunga turli sabablar mavjud – moliyaviy, siyosiy va korrupciya bilan bog'liq. Bu muammolar hal etilgunga qadar ingliz Mark Fenvik loyihasi ostidagi 75 minglik stadion manan eskirdi. SHuning uchun loyihani qaytadan ishlab chiqishga to'g'ri keldi, unga o'zgartirishlar kiritildi. 2013 yil u takroran taqdim etildi. Ishga kelsak, u kelasi yil boshlanashi rejalashtirilgan. “Yangi Mestalya”ning sig'imi 61 ming ishqibozga mo'ljallangan bo'ladi. U ultrazamonaviy qulayliklarga ega umuman boshqa stadionga aylanadi. VIP o'rindiqlar va korporativ lojalar ko'paytiriladi. Bu “Valensiya”ga uni ishlatishdan olinadigan daromadni oshiradi. Qurilish ishlari 2021 yil tugashi mo'ljallanmoqda. Umid qilamizki, shu muddat ichida stadion foydalanishga topshiriladi. Eski “Mestalya”ga kelsak, yangi stadionga ko'chib o'tilgandan keyin u buzib yuboriladi. O'sha erda turar-joylar qurilishi boshlanadi.



- Klubning yana bir muammosi uzoq vaqtdan beri titul homiyning yo'qligi hisoblanadi. Qanday qilib bunday mashhur va taniqli jamoa bilan bunday holat yuz berishi mumkin?
-Ha, bir tomondan bu g'alati va biz uchun yoqimsiz holat. Boshqa tarafdan Ispaniyada bunday vaziyat ro'y berib turadi – ayni paytda yuqori ligadagi 5 klubning titul homiysi yo'q. Angliya va Germaniyada buni tasavvur qilish qiyin, bizda esa mumkin. Nega bunday? Ochig'ini aytaman, bunga bizning titul homiyga nisbatan qo'yadigan yuqori talablarimiz, shu jumladan moliyaviy shartlar sabab. Maqsadimiz – hamkorlikka mahalliy kompaniyani emas, balki jahonga mashhur brendlar bilan shartnoma tuzish. SHu sababli 2014 yil “Joma” bilan shartnomani bekor qilib, “Adidas” bilan hamkorlik qilishga o'tganmiz. Texnik homiylik bo'yicha bu o'zgarishdan daromadimiz o'sdi va bu merchandayzingga ijobiy tasir ko'rsatdi. Yangi titul homiy bilan shartnoma tuzishda ham shunday maqsadni ko'zlaymiz. Hozircha muzokaralar muvaffaqiyatli yakun topmayapti. Istaganimizda “Jinco Solar” bilan shartnomani uzaytirardik, ammo ularning taklifi bizni qanoatlantirmadi. Kompaniyaga esa bizning talab kattadek tuyuldi.

- SHartlar qanday va ularni qay tariqa izohlaysiz?
- Menimcha, ular oqilona ishlab chiqilgan. Kimligimizni yaxshi tushunamiz va o'zimizdan “Real”, “Barselona” yoki “Manchester Yunayted” yasab olmaymiz. Lekin “Vest Xem” bunday shartnomadan yiliga 10 million evro ishlab topar ekan, nega biz bunday shartnomadan kamroq ishlashimiz kerak? Biz ulardan sovrinlar va nom bo'yicha ortda qolmaymiz, 6 karra Ispaniya chempioni bo'lganmiz, ikki marta CHempionlar ligasi finalida o'ynaganmiz, UEFA Kubogida g'alaba qozonganmiz. Yana biz eng kuchli futbol ligalaridan birining vakili sanalmiz.

Bundan tashqari, gap faqat sport natijalarida ham emas, balki potencial homiyimiz ega bo'ladigan auditoriyada. Bir yarim million aholiga ega shaharning asosiy jamoasimiz, yana shahrimizga yiliga 20 million sayyoh tashrif buyuradi. Uy o'yinlarimizga tashrif joriy mavsum 90 foizni tashkil qilmoqda. Evrokuboklarda ishtirok etmayotgan paytimizda yillik abonement egalari soni 34 mingdan 36 mingga ko'tarildi.

Uchrashuvlarimizni 2015-16 yilgi mavsumda Ispaniyada 15 million, jahon bo'ylab 123 million qishi televizor orqali kuzatgan klubmiz. Asosiy ijtimoiy tarmoqlarda 5 million obunachiga egamiz. “Valensiya” bilan bog'liq videolar umumiy miqdorda 17 milliondan ortiq marta tomosha qilingan. Eng muhimi, biz juda tez o'syapmiz. Oxirgi ikki yilda ijtimoiy tarmoqlarda boshqalardan ko'proq o'sishga erishgan top-10 klublar ro'yxatiga kirdik. Bu borada “Manchester Yunayted”, “CHelsi” va “Arsenal”ni ortda qoldirdik. Titul homiy bilan shartnoma tuzishda biz qo'ygan talablar qabul qiladigan darajada deb o'ylaymiz. Bu vaqtga bog'liq masala, tez orada u echim topadi. Biz saviya va holatimizga mos keladigan kompaniyani kutib, muzokaralarni tugatishimiz lozim. O'zimizni hurmat qilishimiz shart.


- Global brendlar orasida “Folksvagen” hamkoringiz sanaladi. Ular bilan hamkorlik haqida aytib bersangiz.
- Bu hamkorlik hozirgina men aytib o'tgan holat bo'yicha shakllanmoqda. Bizga bu kompaniya kirib kelgunga qadar klub avtomobillar borasida “Seat” bilan hamkorlik qilardi. Bu holatda biz o'sishga erishdik, xuddi “Joma”ni “Adidas”ga almashtirganimizdek. Bu erda gap ko'proq pulga ega bo'lish haqida ketmadi. Hamkorlikdan maqsad klub va futbolchilarni avtomobillar bilan taminlashni o'z ichiga oladi. “Folksvagen”ning nomi, uning jahonda mashhurligi yuqori. Nemislar bunda raqobatchilaridan ustun. O'z navbatida ushbu kompaniyaning “Valensiya”dan nimalarni xohlashini takidlab o'tsam. Ular mashinalar sotuvini oshiradigan ijodkorlik yo'nalishidagi marketingni istashadi. Bunga misol sifatida o'tgan yili uyda “Atletiko”ga qarshi bellashuvda o'tkazilgan bir akciyani keltira olaman. Kompaniya ishlab chiqargan yangi mashina modelining sinoviga borishni xohlovchilar uchun saytimiz orqali elon berdik. Yakunda bu tadbirda 800 kishi qatnashdi. G'olib yigit va qiz esa uchrashuvni umuman o'zgacha sharoitda kuzatish imkoniga ega bo'ldi. Tribunalardan biriga o'rnatilgan maxsus platformaga mashina qo'yildi va ular bellashuvni avtomobilda o'tirgan holda ko'rib borishdi. Ochiq osmon ostida, xuddi Amerikadagi avtokinoteatrlarda bo'lgani singari. Ularning joyi eng yuqori xizmat taqdim etiladigan lojaga tenglashtirildi. Ularga bazan “Valensiya” va “Atletiko”dagi o'yinlari bilan tanilgan, hozir akademiyamizda faoliyat yuritayotgan Mista xizmat ko'rsatdi. Bularning barchasi foto va videoga muhrlab borildi. Matbuotda yoritildi, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi. Umuman olganda, juda ommabop akciya tashkil etildi.

- Faqat homiylar emas, byudjet haqida gapiradigan bo'lsak, “Valensiya”da bu qancha, qanday shakllantiriladi va yaqin paytlarda qaysi jihat bo'yicha daromadlarini ko'paytirish imkoniyatiga ega?
- Aniq raqamlarni aytmayman. Lekin daromad manbalarimizni o'sish tartibida etiboringizga taqdim etaman. CHiptalar va abonementlar sotuvi, keyin homiylik va eng yuqori daromad keltiradigan omil televizion huquqlar va futbolchilarni sotish. Hozircha bunga bog'liqlikdan qutulmadik. Klubga Piter Lim kelgandan so'ng moliyaviy ahvolimiz yaxshilandi, ammo grandlarni rad etib, futbolchilarni saqlab qolishga baribir qodir emasmiz. Masalan, hozir tarbiyalanuvchilarimiz hisoblangan Lato va Solerga katta klublardan qiziqish mavjud. Ular 19 va 20 yoshda. Yaqinlashayotgan yozda ularga talab yuqori bo'ladi. SHunday vaziyatda futbolchilar bilan xayrlashishdan boshqa choramiz yo'q.

“Valensiya” yaqin orada daromadini ko'paytirishi mumkin bo'lgan sohalarga kelsak, televizion huquqlardan keladigan pul oshishini kutyapmiz. Ispaniyada pul taqsimlanishi boshqa ligalardan farqli ekanini bilsangiz kerak. La Liga rahbariyati bu huquqlar sotuvini nazorat qilmaydi, klublarning o'zi televidenie bilan mustaqil kelishadi. Tabiiyki, “Real” va “Barselona” umumiy pulning kamida 50 foiziga ega chiqadi, agar undan ko'proq bo'lmasa. La Liga grandlari qatoriga kirmaydigan klublar uzoq yillar mobaynida pullarning bu tariqa taqsimlanishi adolatdan emasligi to'g'risida takidlab kelishdi. Bu ularni suniy kuchsizlantiradi va yakunda liganing raqobati o'sishiga olib kelmaydi. La Liga Prezidenti Xaver Tebas bu holatni o'zgartirish borasida katta ishlarni amalga oshirdi. Menga malum bo'lishicha, La Liga va grandlar o'rtasida bu tarafdan kelishuv mavjud. U 2018-19 yilgi mavsumdan amalga kiritiladi. Televizion huquqlarni La Liga o'z nazoratiga o'tkazadi. Angliya va Germaniyada bo'lgani kabi pulni taqsimlash adolatli ravishda bo'ladi. Klublar daromadi bo'yicha farq bu qadar katta bo'lmaydi.

Daromadni oshirish borasida biz yana kibersportga katta etibor qaratyapmiz. O'tgan yozda biz Ispaniyada shu yo'nalishda bo'limini ochgan birinchi klubga aylandi. Bizda hozir turli 4 o'yin bo'yicha alohida jamoalar mavjud. Bizning debyut internetda katta qiziqish uyg'otdi. Kibersport yo'nalishi ishga tushirilgandan boshlab o'tgan uch oy davomida shu yo'nalishda manbalarimizga 250 milliondan ortiq marta murojaat qilingan. Gap bu qiziqishdan qanday qilib daromad olishda qolgan. Biz aniq tasavvurga ega emasmiz, ammo malum tushunchaga egamiz. Masalan, o'ynovchilar qo'lqopini o'yinlar mobaynida reklama qilish mumkin, chunki bunday o'yinlar translyaciyasi paytida qo'llar juda ko'p ko'rsatiladi.


- Tijoriy bo'lmagan loyihalaringiz to'g'risida bilishni istardik. Birinchi navbatda BMTning ayollar fondi bilan hamkorlikni.
- Bu erda gap ijtimoiy vazifa haqida ketyapti. 2015 yil BMT bilan uch yillik hamkorlikka qo'l qo'ydik. Biz jinslar tengligi va ayollar imkoniyatini oshirish ustida ishlayapmiz. Yirik tashkilot bilan hamkorlik orqali klubga jahonda qiziqishni orttirish mumkin. Ayniqsa, ayollarga bog'liq auditoriyaning etibori oshadi. SHu hamkorlik bo'yicha yozda Portlendda qiziq bir voqea bo'lib o'tadi. U erda maydonda mahalliy shaharning erkaklar va ayollardan tashkil topgan jamoasiga qarshi xuddi shunday tarkibda o'ynaymiz. Bizda ayollar jamoasi ham bor.

- Ayni paytda barcha top-klublar Osiyodagi bozorni rivojlantirmoqda. “Valensiya”ning bu yo'nalishda qandaydir qadamlar tashlayaptimi?
- Albatta, singapurlik xo'jayinga ega bo'lgan holda bu masalada oldinga qadam tashlamaslik mantiqan bo'lmasdi. Faqat bizning xorij bozoriga chiqishimiz boshqa klublarnikidan farq qiladi. U erga bolalar-o'smirlar futbol maktabini ochish orqali kirib boramiz. Hozir SHanxayda shunday maktabimiz faoliyat ko'rsatmoqda. U eng katta maktab, ayni paytda ikki yarim mingdan ortiq bolalar shug'ullanishmoqda. Singapur, Yaponiya, Malayziya va Bermud orollarida ham maktabga egamiz. Tez orada AQSHda – Nyu-York va Mayamida maktablarimiz ishga tushiriladi. Mayamida ispan tilida so'zlashuvchi aholi ko'pligini inobatga oldik.

Bu maktablarning hammasi pullik, ammo muhim holat ular “Real” yoki “CHelsi” xorijda ochayotgan maktablarga nisbatan aholi uchun arzonroq. Mashg'ulot va tiklanish jarayonlari xuddi Paternedagi akademiyamizdagi kabi o'tkaziladi. Barcha futbol talimi bo'yicha jiddiy nazoratimiz ostida turadi. Bunda “Valensiya” brendini ilgari surgan holda iqtidorlarni ochish, ularning o'sishini taminlashdan foydalana olamiz. Jahondagi “futbol fabrikasi” nomiga ega bo'lganmiz. Davil Silva, Xordi Alba, Xuan Mata, Pako Alkaser – bular mashhurlikkacha bo'lgan yo'lni aynan “Valensiya”da bosib o'tishgan, bizda katta nomga ega bo'lib, grandlar etiborini tortishgan. SHu sababli nega bularni eslatmaslik va nomdan foydalanmaslik kerak?


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика