"Valensiya" gruziyalik posbonni sotib oldi
02 jan 2022 16:40
Yangiliklar
"Valensiya" gruziyalik posbonni sotib oldi
"Valensiya" matbuot xizmati darvozabon Georgiy Mamardashvilini Tbilisining "Dinamo"sidan sotib olinganligini malum qildi.
Unga ko'ra, ikki yarim yilga mo'ljallangan shartnomani yana bir yilga uzaytirish imkoni bo'ladi. "Valensiya" ushbu transfer uchun 850 ming evro to'lagan va posbonning tovon pulini 20 million evro qilib belgilagan.
"Dinamo" posbonning keyingi transferidan 10 foiz mablag' ishlab oladi.
Ushbu mavsumda Mamardashvili LaLiganing 6 o'yinida ishtirok etdi.
Fikrlar