So’nggi yangiliklar

22:09ЕЧЛ саралаши. "Петрокуб" – "Ордабаси" (онлайн ҳисоб)  3 21:44Обамеянг "Марсел"дан кетишини эълон қилди. Ҳужумчи Саудия Арабистонига йўл олади  0 21:21Ламин Ямаль янги мавсумни янги рақамда бошлайди  3 20:54Марко Ройснинг кейинги манзили аниқ бўлди  0 20:30Расман: Тиаго Алькантара "Барселона" мураббийлар штабига қўшилди  0 19:55"Динамо" назорат баҳсида Қирғиз Республикаси клубини йирик ҳисобда мағлуб этди  3 19:39Евро-2024да порлаган ҳужумчи "Лион"да тиббий текширувдан ўтмоқда  0 19:17Хави: "Педри билан бўлган хатони Ямаль билан такрорламаслик керак"  2 18:40Мбаппе эффекти! "Реал" яна дунёнинг энг қиммат футбол бренди  3 18:05"Реал"дан навбатдаги юриш. Жамоа етакчиси шартномани узайтирди  3 17:39"Нефтчи" тез орада навбатдаги трансферни эълон қилади  7 17:19Мбаппе "Реал"даги дебют ўйинидаёқ соврин ютиши мумкин  1 16:46Расман: Қувондиқ Рўзиев - "Нефтчи" футболчиси!  4 16:36Питер Одемвингие 2019 йил "Бунёдкор"га ўтиши мумкин эди  4 16:25Here we go! Мейсон Гринвуд - "Марсель" футболчиси!  4

La Liga. "Valensiya" - "Barselona" va 21-turning boshqa o'yinlari uchun prevyu Yangiliklar

La Liga. "Valensiya" - "Barselona" va 21-turning boshqa o'yinlari uchun prevyu

Ispaniya chempionatida 21-tur o'yinlari bugundan boshlanadi.

20-turning markaziy uchrashuvi «Real Madrid» hamda «Sevilya» o'rtasida kechgandi. Bu turda esa “Barselona“ mehmonda “Valensiya“ga qarshi bahs olib boradi. Mazkur turda aynan mana shu o'yin markaziy bahs deya etirof etilmoqda. Quyida 21-tur o'yinlariga anonslarni havola etamiz.


24.01  01:00 (Toshkent vaqti) «Osasuna» – «Levante»

“Osasuna” so'nggi turda “Valodolid” bilan durang o'ynadi (0:0). “Levante” esa o'y maydonida “Alaves”ga mag'lub bo'ldi (0:1). Har ikkala jamoa 20 turda 26 ta gol urishdi va turnir jadvalida yonma-yon joylashganlar.

O'yinga oid faktlar:

- “Osasuna“ Ispaniya chempionatining so'nggi 8 o'yinning 6 tasida 1-bo'limda gol ura olmadi;

- “Levante“ hujumchisi Rojer Marti La Ligada so'nggi 7 ta o'yinda 6 ta to'p kiritgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Enis Bardi, Oer Olasabal, Ivan Lopes, Rober Per (“Levante“).

So'roq ostida: Oer Mate, Fran Merida, Ruben Martines, Raul Navas, Antonio Larorre (“Osasuna“), Xorxe Miramon (“Levante“).


25.01  17:00 (Toshkent vaqti) “Espanol“ - “Atletik Bilbao“

“Espanol“ oxirgi turda “Vilyarreal“ ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:1) chempionatdagi 9 o'yindagi g'alabasiz ceriyaga chek qo'ydi. “Atletik“ esa so'nggi turda “Selta“ bilan durang o'ynab (1:1) ketma-ket to'rtinchi durangiga erishdi.

O'yinga oid faktlar: 

- La Liganing so'nggi 9 uchrashuvining 7 tasida “Espanol“ dastlabki 45 daqiqada hisobni ochgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Sebasten Korshya (“Espanol“), Oskar De Markos (“Atletik“).

So'roq ostida: Viktor Kampuzano, Esteban Granero (“Osasuna“), Arits Aduris (“Atletik“).


25.01  20:00 (Toshkent vaqti) “Valensiya“ - “Barselona“

Avvalgi turda “Valensiya“ mehmonda “Malorka“ga 4:1 hisobida mag'lub bo'lgan edi. “Barselona“ yangi murabbiy qo'l ostidagi ilk uchrashuvda “Granada“ni minimal hisobda mag'lub etgandi. “Barselona“ning mag'lubiyatsiz ceriyasi chempionatda 9 taga etdi (6 g'alaba, 3 durang). Kataloniyaliklar so'nggi 7 uchrashuvning 5 tasida 1 tadan ko'proq to'p kiritdi. 

O'yinga oid faktlar:

- “Valensiya“ chempionatning so'nggi 8 o'yinning 6 tasida birinchi bo'limni boy bermadi;

- Leo Messi oxirgi 15 o'yinda 14 ta gol urdi.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Gonsalu Gedesh, Kristian Pichchini (“Valensiya“), Luis Suares, Usman Dembele (“Barselona“)

So'roq ostida: Yasper Sillessen, Manu Valexo (“Valensiya“), Neto (“Barselona“)


25.01  22:30 (Toshkent vaqti) “Alaves“ - “Vilyarreal“

“Alaves“ g'alabasiz seriyasi chempionatda 5 uchrashuvga etgan (2 durang, 3 mag'lubiyat). “Vilyarreal“ bir hafta oldin “Espanol“ga 1:2 hisobida mag'lub bo'lgandi. “Alaves“ chempionatdagi gollarining 76 foizini ikkinchi bo'limda kiritgan bo'lsa, “Vilyarreal“ esa tanaffusdan keyin o'zlarining 71 foiz gollarini o'tkazib yuborgan.

O'yinga oid faktlar:

- “Vilyarreal“ hujumchisi Karlos Bakka La Ligada 11 o'yinda qatnashdi ammo birortasida ham gol ura olmadi.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Tomas Pina (“Alaves“), Bruno Soriano (“Vilyarreal“)

So'roq ostida: Xerard Moreno (“Vilyarreal“)


25.01  01:00 (Toshkent vaqti) “Sevilya“ - “Granada“

Bir hafta avval “Sevilya“ “Real Madrid“dan 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi va Madrid klubidan 8 ochkoga ortda qoldi. Xulen Lopetegi jamoasi 35 ochko bilan jadvalning 4-pog'onasida joylashgan. “Granada“ esa 27 ochko bilan 10-o'rinda ketmoqda. Joriy chempionatning 20 ta o'yinidan 19 tasida “Sevilya“ 2 tadan ko'p gol o'tkazmagan. “Granada“ esa so'nggi 7 o'yinda 5 ta, ortda qolgan 20 uchrashuvning 15 tasida to'p kiritgan.

O'yinga oid faktlar:

- “Sevilya“ hujumchisi Lukas Okampos chempionatda 15 ta o'yinda 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi;

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Anxel Montero, Kini, Federiko, Ismais Keybashi, Neyder Losano (“Granada“)

So'roq ostida: Joan Jordan, Yassin Bunu (“Sevilya“).


26.01  16:00 (Toshkent vaqti) “Atletiko Madrid“ - “Leganes“

“Atletiko“ 20 o'yindan keyin 35 ochkoga ega. Madridliklar uchun bu La Ligadagi eng yomon o'tgan 20 tur. Simeone shogirdlari kiritgan gollari 22 tani tashkil etadi. “Leganes“ esa 14 ochkoga ega va turnir jadvalida 19-pog'onada. 

O'yinga oid faktlar:

- “Atletiko“ chempionatning so'nggi 5 uy o'yinining 4 tasida g'alaba qozongan;

- “Leganes“ La Liganing oxirgi 7 bahsning 6 tasida gol ura olmagan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Diego Kosta, German Valera, Dario Poveda (“Atletiko“), Aleksandr SHimonavski (“Leganes“)

So'roq ostida: Koke, Kiran Triper, Toma Lemar, Xose Mariya Ximenes, SHime Vrsalko (“Atletiko“), Dimitrios Siovas (“Leganes“)


26.01  18:00 (Toshkent vaqti) “Selta“ - “Eybar“

20-turdan keyin “Selta“ 16 ochko bilan turnir jadvalida 18-o'rinni egallab turibdi. Jamoa so'nggi 12 turda atiga 1 marta g'alaba qozongan, 4 durang va 7 mag'lubiyat. “Eybar“ 22 ochko bilan 16-pog'onada. 

O'yinga oid faktlar:

- “Selta“ ushbu mavsumdagi 76 foiz golini ikkinchi bo'limda kiritgan. 

- “Selta“ hujumchisi Iago Aspas so'nggi 13 o'yinda 7 ta gol urdi. 

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: David Junka, Ivan Vilyar (“Selta“).

So'roq ostida: Gonsalo Eskalante, Pape Diop, Kike Garciya, Anayts Arbiya, Ivan Ramis (“Eybar“).


26.01  20:00 (Toshkent vaqti) “Xetafe“ - “Betis“

“Xetafe“ so'nggi turda “Leganes“ni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Jamoa oxirgi 10 o'yinda 2 marta mag'lub bo'ldi, va yana 6 g'alaba hamda 2 durang. Rubin shogirlari “Betis“ jamoasi esa 27 ochko bilan 11-o'rinda. “Betis“ oxirgi 15 o'yinning 12 tasida tanaffusgacha kamida 1 ta gol urishgan.

O'yinga oid faktlar:

- “Betis“ La Ligadagi so'nggi 11 bahsning 9 tasida birinchi bo'limda mag'lub bo'lishmagan (4 g'alaba, 5 durang);

- “Betis“ hujumchisi Lauren Moron chempionatning 19 o'yinida 8 ta gol urgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Filip Manoylovich (“Xetafe“), Villyam Karvalyu, Xuanmi (“Betis“).

So'roq ostida: Anxel Rodriges, Robert Kenedi (“Xetafe“), Alfonso Pedrasa, Fransis Gererro (“Betis“).


26.01  22:30 (Toshkent vaqti) “Real Sosedad“ - “Malorka“

“Real Sosedad“ La Liganing oxirgi ikki turida mag'lubiyatga uchragan. Jamoa 31 ochko bilan 6-o'rinda. “Malorka“ avvalgi turda “Valensiya“ni 4:1 hisobida mag'lub etib olti o'yinli g'alabasiz ceriyasiga yakun yasagan. Visente Moreno jamoasi 17-pog'onada. 

O'yinga oid faktlar:

- “Malorka“ chempionatning 9 safar uchrashuvining 8 tasida mag'lub bo'lgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Aser Ilyarramendi (“Real Sosedad“).

So'roq ostida: Nacho Monreal, Migel Anxel Moyya, David Turutusa (“Real Sosedad“),  Yannis Salibur (“Malorka“).


26.01  01:00 (Toshkent vaqti) “Valyadolid“ - “Real Madrid“

21-turning so'nggi uchrashuvida Madrid bosh jamoasi “Valyadolid“ maydonida mehmon bo'lishadi. 20-turdan so'ng “Valyadolid“ hisobida 22 ochko bor. 17 gol urib, 23 ta o'tkazib yuborishgan. “Real“ 43 ochko bilan to'plar nisbatiga ko'ra 2-pog'onada. Zidan shogirlari La Ligada eng kam - 13 ta gol o'tkazib yuborishgan. Jamoa atiga 1 marotaba mag'lub bo'lishgan. 

O'yinga oid faktlar:

- “Valyadolid“ chempionatning oxirgi 6 uchrashuvda, 5 ta durang qayd etgan;

- “Real“ hujumchisi Karim Benzema 19 La Ligada o'yinda 12 ta gol urgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Eden Azar, Marko Asensio (“Real Madrid“).

So'roq ostida: Xose Antonio Karo (“Valyadolid“), Serxio Ramos, Garet Beyl (“Real Madrid“).



Og'abek Samisov

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика