So’nggi yangiliklar

01:57Ла Лига. Арда Гюлер "Реал"га ғалаба тақдим қилди!  54 01:40Меҳди Тареми Италия чемпиони сафига қўшилади! (Фабрицио Романо)  1 01:24Арда Гюлер ажойиб натижа қайд этмоқда  0 01:12"Арне Слот – "Ливерпул"нинг янги бош мураббийи!" – Фабрицио Романо  6 00:55Жасур Жалолиддинов: "Бу жамоа билан анча олдин бошланган ўзаро ҳисоб-китобимиз бор эди"  4 00:45U-23 Осиё кубоги. Ироқ минимал ҳисобда Вьетнамни енгди ва ярим финалга йўл олди. Кейинги рақиб – Япония  18 00:40U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони 2:0  4 00:25Хосе Венансио Лопес Эронга қарши учрашувдан кейин қандай фикрлар билдирди?  5 23:46"Персеполис" Ўрунов гол урган ўйинда пенальтилар сериясида мағлубиятга учраб, Эрон кубогини тарк этди  4 23:20Саудия чемпионати. "Ал Ҳилол" - "Ал Фатех" 3:1   1 23:15Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд - Тожикистон 3:3 (пенальтилар 6:5)  0 23:10Футзал бўйича Осиё Кубоги. Вьетнам - Қирғиз Республикаси 2:3  0 22:58Ўзбекистон олимпия терма жамоаси бош мураббийи Тимур Кападзе Саудия Арабистони устидан қозонилган ғалабадан сўнг (2:0) нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  40 22:11Ўзбекистон футзал термаси Осиё кубоги бронза медали учун Тожикистонга қарши ўйнайди (турнир сеткаси)  6 21:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон финал остонасида Эронга пенальтилар сериясида мағлуб бўлди  95

"Valensiya" - "Atletiko" va La Liganing shiddatli o'tishi kutilayotgan 11-turdagi qolgan o'yinlar uchun prevyu Yangiliklar

"Valensiya" - "Atletiko" va La Liganing shiddatli o'tishi kutilayotgan 11-turdagi qolgan o'yinlar uchun prevyu

Ispaniya chempionati haqida gap ketganida xayolga kelgan dastlabki savol etakchilarga nima bo'layotgani haqida.

11-tur boshlanish arafasida turibdi, biroq ochkolar yo'qotilishi barcha jamoalarda kuzatmoqda. Maksimal formaga tushib olishmagan degan fikrni o'rtaga qo'ysak dekabr oyi kelayotgan bir vaqtda bu gapni aytish noto'g'ri. 10-turda ham grand jamoalarning ayrimlari ochko yo'qotishdi, 11-tur anonsini o'qishdan avval o'tgan turni birrov eslab o'taylik.

9-turda “Real Madrid”ni penaltilar bilan bo'lsada tor-mor qila olgan “Valensiya” durang o'ynadi “Alaves” bilan. Mark-Andre ter SHtegnning yoshbolalarcha xatosi kataloniyaliklarga qimmatga tushdi. Yannik Fereyra Karrasko bitta harakati bilan “Atletiko”ga 3 ochkoni taqdim etdi. El klassikoni yutganidan beri o'ziga kela olmayotgan “Real Madrid” o'tgan turda yana ochko yo'qotdi. “Vilyarreal” bilan o'yin 1:1 bilan yakunlandi. Turnir jadvalida peshqadam bo'lib turgan “Real Sosedad” esa xotirjamlik bilan “Kadis”ni mag'lub etdi va peshqadamlikni o'zida saqlab qoldi. 

SHunaqa gaplar do'stlar. Oldinda turgan tur esa yanada qiziqarli o'tishi kutilmoqda. Xo'sh, bu turda qanday o'yinlar bor? Intrigasi yuqori o'yinlar anonsi bilan tarnishing!


27.11  01:00  (Toshkent vaqti)  “Valyadolid” – “Levante”

11-turning dastlabki o'yinining o'zi markaziyga yaqin. SHiddatli, murosasiz kechishi shubhasiz. Biri xavfli zonada turgan bo'lsa, yana bir undan bir pog'ona yuqori. Qo'shimchasiga o'tgan turda ikkisi ham raqiblaridan ochko ola bildi, o'rgangan ko'ngil o'rtansa qo'ymas degan naql shu turda amal qilishi katta ehtimol. “Levante” 7 ochko bilan 18-o'rinda, 2 ochko farq bilan valyadolidliklar bir pog'ona yuqorida. Biroq “Levante”da qo'shimcha bir o'yin bor va agar o'sha bahsda jamoa g'alaba qozonsa raqiblaridan o'tib ketadi. SHu bois mezbonlar bu turda mag'lub bo'lishlariga haqlari yo'q, zero xavfli zonaga tushib ketishni hech kim istamaydi.

O'zaro o'yinlar: O'tkazilgan 26 bahsning 9 tasida “Valyadolid”, 11 tasida “Levante” g'alaba qozongan. Qolgan 6 uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan. 

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Kiko Olivas, Raul Garsiya (“Valyadolid”). Oskar Duarte, SHeyk Dukure, Enis Bardi (“Levante”).


28.11  20:15  (Toshkent vaqti)  “Valensiya” – “Atletiko Madrid”

Turning markaziy bahsi! Etakchilarni “savalayotgan” ikki jamoa o'rtasidagi o'yin murosasiz kechishiga shubha yo'q. 8 o'yin o'tkazgan bo'lsada madridliklar ajoyib natija qayd etmoqda. Turnir jadvalida ikkinchi pog'onada bo'lsa, mavsum avvalidagi nobarqarorlik tufayli “Valensiya” o'ziga kelmoqda hamda ochkolar sonini ko'paytirib bormoqda. G'alabalariga qaraganda mag'lubiyati ko'p, to'plar nisbatida +1 natija qayd etib kelayotgan valensiyaliklar hamon mag'lub bo'lmagan, mavsumda atigi 2 ta to'p o'tkazgan Madrid jamoasi bilan o'tadigan bahs qiziqarli kechishi aniq.

O'zaro o'yinlar: 174 o'tkazilgan mazkur jamoalar o'rtasida, g'alabalar soni bilan yaqin: 61-66. 47 uchrashuvda esa jamoalar murosa ko'chasini tanlashgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Yasper Sillessen, Muktar Dyakabi (“Valensiya”). Ektor Erera, SHime Vrsalko, Diego Kosta, Luis Suares, Lukas Torreyra (“Atletiko Madrid”).


28.11  01:00  (Toshkent vaqti)  “Real Madrid” – “Alaves” 

El klassikodan so'ng endi-endi o'zini o'nglab olayotgan Madridning “Real”i 9-turda darvozasidan 4 gol o'tkazgan “Valensiya” bilan o'tgan tur durang o'ynagan “Alaves”ga qarshi. Mehmonlarning egallab turgan o'rni yoki 10 o'yinda 10 ochko qo'lga kiritganini hisobga olib Realni g'alabasini tahmin qilishga shoshilmaslik kerak. La Liga shunday tus olib boryaptiki, u erdagi istalgan klub biror grand jamoadan ochko olib qo'yishi mumkin. Lekin albatta ketma-ket ochko yo'qotish o'zlarining ham joniga tekkan, turnir etakchisidan 6 ochkoga ortda qolib ketgan Madrid jamoasi bu o'yinda ochko ulashishiga ham haqlari yo'q. 

O'zaro o'yinlar: O'tkazilgan 32 o'yinda katta ustunlik “Real Madrid”da. 26 g'alabaga erishgan bo'lsa, raqibi “Alaves” jamoasi 4 o'yinda qo'llari baland kelgan. Atigi 2 uchrashuv esa durang bilan yakunlangan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Federiko Valverde, Luka Yovich, Alvaro Odriosola, Eder Militao, Serxio Ramos, Karim Benzema (“Real Madrid”). Pere Lons, Burgi (“Alaves”).


29.11  18:00  (Toshkent vaqti)  “Barselona” – “Osasuna”

Yil avvalida 11-turga kelib “Barselona” o'zidan bir pog'ona past, 14-o'rindagi “Osasuna”ga qarshi maydonga chiqadi deyishsa ishonarmidingiz? Menimcha, bunga Ronald Kuman ham ishonmas edi. Biroq hozir shunaqa holat va bu o'yinda mehmonlar g'alaba qozonishsa “ko'k-anorranglilar”dan o'zib ketishadi. Ikki jamoa ham bir xil 11 ochkodan to'plagan. O'yinlar soni “Barselona”da 8 ta, “Osasuna”da 9 ta. ECHLda nimchorak finalni naqd qilgan kataloniyaliklar endi etiborlarini La Ligaga qaratishsa ham kerak va bu bahs mehmon jamoa uchun og'ir o'tadi.

O'zaro o'yinlar: 84 bahs o'tkazilgan bo'lsa, 57%ida “Barselona” (48 g'alaba), 21%ida “Osasuna” (18 g'alaba) jamoasining qo'li baland kelgan. 18 bahsda esa tomonlar bir ochkodan bo'lishgan holda o'yinni yakunlashgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Ansu Fati, Serxio Buskets (“Barselona”). Brandon Lyamas, Xuan Manuel Peres, Aridane Ernandes, CHimi Avila, Lukas Torro, Xonatan Kaleri (“Osasuna”).


30.11  01:00  (Toshkent vaqti)  “Betis” – “Eybar”

Turning so'nggi o'yini “Betis” maydonida dushanba oqshomida bo'lib o'tadi. Har ikkisi ham 10 ta o'yin o'tkazgan, oradagi farq 2 ochko. O'tgan tur Bilbaodan qaqshatqich mag'lubiyatni qabul qilib olgan “Betis” o'z maydonida g'alaba uchun o'ynashi tabiiy. “Eybar” esa uyida “Xetafe” bilan nursiz durangga imzo chekkan. SHuningdek mazkur uchrashuvdagi g'alaba jamoalarning o'zaro o'yinlaridagi statistikasi uchun ham foydali.

O'zaro o'yinlar: 20 ta o'yin o'tkazilgan bo'lsa, 6 marotabadan g'alaba qozonishgan ikki jamoa ham. 8 uchrashuv esa durang bilan yakun topgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Nabil Fekir, Sidney, Serxio Kanales, Ayssa Mandi, Viktor Kamarasa (“Betis”). Pedro Bigas, Pedro Leon, Kike, Xose Anxel, Kevin Rodriges (“Eybar”).


11-turdagi o'zimiz uchun intriga jihatdan yuqori deb hisoblagan 5 uchrashuv haqida anons qildik. Ushbu turda yana quyidagi uchrashuvlar ham bo'lib o'tishi rejalashtirilgan:

28.11  18:00  (Toshkent vaqti)  “Elche” – “Kadis”

28.11  22:30  (Toshkent vaqti)  “Ueska” – “Sevilya”

29.11  20:15  (Toshkent vaqti)  “Xetafe” – “Atletik Bilbao”

29.11  22:30  (Toshkent vaqti)  “Selta” – “Granada”

29.11  01:00  (Toshkent vaqti)  “Real Sosedad” – “Vilyarreal”



Og'abek Samisov tayyorladi 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика