Vadim Abramov yoshlarga imkoniyat berishda davom etadi
19 noy 2017 19:07
Yangiliklar
Vadim Abramov yoshlarga imkoniyat berishda davom etadi
– Qiziqarli o'yin bo'ldi. Golga tortadigan vaziyatlarni ko'p sodir etganimiz bilan ulardan maksimal foydalana olmayapmiz. Agar barcha imkoniyatlar muvaffaqiyatli yakun topganda edi, bahs surati “Neftchi” uchun ancha engil kechgan bo'lardi. SHu bois, o'yin davomida asabiy holatda bo'ldim.
– Vadim Karlenovich, “Neftchi”ning asosiy tarkibini yoshlar tashkil qiladi. Xususan bugun 17 yoshli futbolchi Avazbek O'lmasaliev jamoaga g'alaba keltiruvchi gol kiritdi. Umuman olganda, yosh shogirdlaringiz haqida fikringiz ?
– Yigitlarni o'yindan-o'yinga kuchayib borayotganiga guvohi bo'lyapman. Natijani ko'rib turibsiz. 17 yoshli futbolchi jamoa uchun muhim golga mualliflik qildi. Avvaliga men Avazbek O'lmasalievni asosiy tarkibda maydonga tushirganimda ko'pchilik unga shubha ko'zi bilan qaragandi. Lekin yakunda O'lmasaliev ishonchimizni oqlab, o'zini ko'rsatmoqda. SHu qatori terma jamoa uchun munosib nomzod sifatida ulg'aymoqda. Men bundan xursandman. Avazbekdan saviyali markaziy himoyachi etishib chiqadi deb o'ylayman. So'nggi turda ham yoshlarga imkoniyat berishda davom etamiz va oxirgi bahsda ham g'alaba uchun kurashamiz. Mavsumni munosib yakunlashni niyat qilganmiz, – dedi Abramov
“Neftchi” matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar