Vadim Abramov: "Terma jamoamiz namoyish etgan o'yin menga yoqdi"
27 jan 2015 10:22
Yangiliklar

Vadim Abramov: "Terma jamoamiz namoyish etgan o'yin menga yoqdi"
Toshkentning "Lokomotiv" klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov "Futbol Ekspress" gazetasiga intervyu berdi.
Intervyu jarayonida O'zbekiston terma jamoasi sobiq ustozi termamizning OK-2015 chorak finalidan o'rin olgan Janubiy Koreyaga qarshi o'yini haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Aslini olganda, chorak finalda terma jamoamiz yomon o'yin ko'rsatgani yo'q. Yigitlar Koreyaga munosib qarshilik ko'rsatishdi. Buni uchrashuv to'rt taym davom etganidan ham bilsa bo'ladi. Vakillarimiz o'yin borasida raqibdan qolishishgani yo'q, faqat vaziyatlardan unumli foydalana olishmadi. Umuman olib aytadigan bo'lsam, terma jamoamiz namoyish etgan o'yin menga yoqdi".
"To'g'risini aytsam, men 4 yil oldingi Koreyani ko'rganim yo'q. O'tgan to'rt yil ichida ular oldinga intilishdi deb o'ylamayman. Qatarda o'tgan Osiyo Kubogida Janubiy Koreya termasi kuchli edi. JCH-2014 saralash bahslarida ham koreyaliklar yuqori saviyada o'yin namoyish etishmagandi. Oxirgi paytda ularning o'yinida o'sishni ko'rayotganim yo'q. SHuning uchun Janubiy Koreyani yutsak bo'lardi", - deydi Vadim Abramov.

Fikrlar