So’nggi yangiliklar

07:34Элдор Шомуродов хайрлашув хатини ёзди  0 01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  10 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  5 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  14 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  9 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0

Vadim Abramov: "SHomurodovni "Real" yoki "Barselona"da ko'rishimiz mumkin" Yangiliklar

Vadim Abramov: "SHomurodovni "Real" yoki "Barselona"da ko'rishimiz mumkin"

O'zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramov Eldor SHomurodovning "Roma"dagi kelajagi borasida intervyu berdi.

"SHomurodovning "Roma"ga o'tganidan xayron qolmadim, sababi u "Jenoa"dek klubda gollar urdi. Terma jamoa ustozi sifatida Genuya klubi o'yinlarini tomosha qildim va xayron qoldim. Bu qanchalik kuchsiz jamoa ekanini his qildim. Eldor esa o'sha erda o'zini ko'rsata oldi - molodec. Bu qiyin edi. Hamma ham "Jenoa"da o'zini ko'rsata olmaydi.

Hujumchi baribir boshqa futbolchilarga bog'liq. Zarba beradigan nuqtaga olib chiqishmasa gol bo'lmaydi. "Roma"da esa gollar urish oson bo'ladi. Ronalduni "Jenoa"ga olib keling — "Yuventus"dagi gollari sonini takrorlay olmaydi.

SHomurodovning ketma-ket gollar urayotgani Mourinoni etiborini tortishi aniq. Ammo gol uraversang ham tarkibga kirmasliging mumkin. Sababi o'zi uchun nom qozonib bo'lganlar mavjud. Jeko yoki Jiruga adaptaciyaga vaqt bergan bo'lishardi. Eldordan esa Mourino darhol natija kutadi. Bunday raqobatda yutib chiqishi faqat Eldorning o'ziga bog'liq. Buning uchun imkoniyatlari etarli.

SHomurodovda "Roma"dan ham kuchli klubda o'ynab ketish salohiyati bor. Eldor hech kimdan kam emas. Agar unga vaziyatlar yaratib berishda muammo bo'lmasa, SHomurodovni "Real" va "Barselona" kabi klublardan ham ko'rishimiz mumkin. Hozir bu fantastik ko'rinishi mumkin, ammo amalga oshishi mumkin bo'lgan voqea», — deydi Abramov «VsyoProSport» korrespondentiga.



Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика