So’nggi yangiliklar

15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  1 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  3 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  8 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  8 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6

Vadim Abramov: "Paxtakor" futbolchilari xayolan tatilga chiqib ketishgan bo'lsa kerak" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Paxtakor" futbolchilari xayolan tatilga chiqib ketishgan bo'lsa kerak"

Coca Cola Superliganing 25-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Bunyodkor" (2:3) uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "qaldirg'ochlar" ustozi Vadim Abramov ishtirok etdi.

- Bugungi o'yin derbi maqomiga mos bo'ldi, deya olaman. Asabiy va hujumkor ruhda o'tgan bahs muxlislarga qanchalik yoqqanini bilmadimku, lekin murabbiylar shtabining anchagina asabi buzildi. Ochig'i, o'yin oxirlarida omadimiz keldi. Qolaversa, chempionlikni qo'lga kiritib bo'lgan "Paxtakor" futbolchilarining ruhiyati ham bizning foydamizga xizmat qildi. Ham chempionlikni ham kubokni qo'lga kiritgan futbolchilarni ruhiy tomondan o'yinga tayyorlash juda mushkul. Ular xayolan tatilga chiqib bo'lishgan. Tatildagi insonni kurashga qaytarish qiyin. Bu tabiiy hol.

Legionerlar? Mavsum oxirida ularning shartnomasi tugaydi va ularga javob beramiz. Albatta barchada moslashish davri bo'ladi. Yozda bizda yarim himoyada muammolar bor edi o'sha vaqtda ular maydonga tushishdi. Jarohat olganlar safga qaytgach legionerlar zaxirada qola boshlashdi.

Jamoa yosh. Tarkibdagi futbolchilarni tajriba borasida "Paxtakor" o'yinchilari bilan solishtirib bo'lmaydi. Hisob qisqargach raqib o'z o'yinini topib oldi va yana bizni jazoladi. "Paxtakor"ni tajribali murabbiy boshqaradi. Etibor bergan bo'lsangiz, raqib ikkinchi bo'limni ishonchli tarzda o'tkazdi. CHunki tajribali o'yinchi qanday o'ynashni biladi. Qolaversa, ular mavsumni mag'lubiyatsiz yakunlashni niyat qilgandi. Futbol xatolarsiz bo'lmaydi. O'ylaymanki, shunday xatolarni kamaytirib, yanada jiddiy jamoaga aylanamiz.

Baribir so'nggi turda "So'g'diyona"ni mag'lub etishimiz kerak. Jizzax klubi ham bronza medalini olishni istaydi. Hozir bu o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. "So'g'diyona" kelib bizga "sovuq dush" taqdim etishi mumkin. Yigitlarni mana shu muhim bahsga ruhan tayyorlashimiz kerak.



Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика