So’nggi yangiliklar

08:06МЮ Бруну бўйича бир қарорга келди  0 07:41Фабрицио Романо: "Ал Иттиҳод"нинг янги бош мураббийи маълум  0 01:57Ўзбекистон терма жамоаси янги мураббий қўл остида илк машғулотини ўтказди  12 00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  1 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2 23:20Шенсни "Барса"га ўтишни хоҳламаганини ва бунга уни рафиқаси мажбур қилганини айтиб берди  2 22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  7 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1 20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  4 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  15 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  5 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0

Vadim Abramov "Navbahor"ga qarshi o'yindan keyin: "To'g'ri yutqazdik, muammo yo'q. Biroq futbol o'ynash kerak" Yangiliklar

Vadim Abramov "Navbahor"ga qarshi o'yindan keyin: "To'g'ri yutqazdik, muammo yo'q. Biroq futbol o'ynash kerak"

Coca Cola Superliganing 21-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Bunyodkor" (2:1) uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Vadim Abramov ishtirok etdi.

"Nima deyishim mumkin? "Navbahor"ni g'alaba bilan tabriklayman! Biz ham g'alabaga harakat qilgandik, lekin keraksiz gollarni o'tkazib yubordik. Birinchi bo'limda futbol o'ynadik. Tanaffusdan so'ng taxminan 15 daqiqa futbol bo'ldi. Qolgan daqiqalarni asosan yotib olishlarga sarfladik. Lekin ikkinchi bo'limga atigi to'rt daqiqa qo'shib berildi. O'ynagisi kelmasa maydonga tushib nima qiladi? To'g'ri yutqazdik, muammo yo'q. Biroq futbol o'ynash kerak. Muxlislar ham futbol ko'rgani keladi, yotib olishlarni tomosha qilish uchun emas! Masalan, bugungidek futbol sizlarga yoqadimi? Har to'qnashuvdan keyin o'yin to'xtaydi, yordam ko'rsatiladi? Tabriklayman, g'alaba qozondinglar, etiroz yo'q, bu o'zimizni oqlash ham emas, lekin bunaqa o'yin futbolimizning foydasiga xizmat qiladimi?

Bugun nega yutqazdik? SHunchaki imkoniyatlardan foydalana olmaslik. Yaratilgan xavfli vaziyatlarni golga aylantirish bo'yicha tajriba kamligi pand berdi. Vaholanki, imkoniyatlardan foydalanganimizda birinchi bo'limdayoq hammasini hal qilardik. Ammo unday bo'lmadi. Aksincha, ikkinchi golni o'tkazib yubordik, keyin hammasi boshlandi", - deydi Abramov. 

Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика