So’nggi yangiliklar

10:05Луис Суарес Лига кубоги финалида рақибига тупургани учун МЛСда учта ўйинга дисквалификация қилинди  2 09:38Расман. АПЛдаги илк истеъфо содир бўлди  4 08:55Бугун U-17 терма жамоамиз Марокашга қарши майдонга тушади  3 08:26Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё кубогига йўлланма олиши мумкин  7 07:58ЖЧ-2026. Яна бир терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  2 07:30Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ чемпионликни қўлга киритган мусобақанинг тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛEРEЯ  2 07:13CAFA Nations Cup-2025. Ўзбекистон - Эрон 1:0  21 02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  10 00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  44 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  5 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  81 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  133 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  1047 20:32Шавкат Мирзиёев Жанни Инфантинога “Дўстлик” орденини топширди  20

Vadim Abramov: "Nasaf" bugun bizdan ko'ra kuchliroq o'ynadi va haqli g'alabaga erishdi" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Nasaf" bugun bizdan ko'ra kuchliroq o'ynadi va haqli g'alabaga erishdi"

Oliy liga 7-tur markaziy o'yini "Nasaf" - "Lokomotiv" (1:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirok etdi.
"Avvalo "Nasaf"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun ikkita teng kuchli jamoalar maydonda kurashishdi. Keraksiz joyda gol o'tkazib yubordik va bu bizga qimmatga tushdi. Bugungi o'yinda mag'lubiyatga uchraganimizning asosiy sababi bu - "Nasaf" bizdan kuchli o'ynadi va "Lokomotiv"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Ular haqli g'alabani tantana qilishdi. Biz o'z maqsadimiz sari dadil qadam tashlasha davom etishimiz kerak. Bu yilgi chempionatda oldimizga chempion bo'lish vazifasi qo'yilgan", - deya gap boshladi Vadim Abramov.

- Vaziyatlardan foydalanishda yaxshigina muammolar tug'ilmoqda. Bu borada nima deya olasiz?
- Futbolchilar juda shoshib harakat qilishmoqda. Vaziyatlardan foydalanish muammosini bartaraf etish kerak.  Gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng jamoa juda shoshib qolmoqda. Bu borada ish olib borishda davom etamiz.

- Damir Koyashevich maydonga tushsa asosan gollar uradi va jamoa foydasi uchun juda ko'p harakat qiladi. Lekin negadir u zaxirada qolib ketmoqda?
- Mana bugun ham u o'yinga 30 daqiqa qolganida maydonga tushdi va jamoa to'p yo'qotgan paytlarda orqaga qaytmaydi. Uning asosiy kamchiligi shunda.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика