So’nggi yangiliklar

02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  0 01:00Ла Лига. "Барселона" "Сельта" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  37 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  25 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  7 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  2

Vadim Abramov: “Meni ruhshunos deganlar adashadi, men futbolni tushunaman!” (2-qism) Yangiliklar

Vadim Abramov: “Meni ruhshunos deganlar adashadi, men futbolni tushunaman!” (2-qism)

“Kecha, Bugun, Ertaga” loyihasining bu safargi mehmoni, siz kutgan mutaxassis – Vadim Abramov bo'ldi.
Suhbatning dastlabki qismini sizlarga taqdim etdik. Navbat intervyuning ikkinchi qismiga.

- Nima uchun bugungi kunda murabbiylarimiz yoshlarning imkoniyatidan unumli foydalana olmayaptilar?
- Murabbiy aqlli bo'lish bilan birga o'z nomiga ham ega bo'lishi kerak. Ronaldu uchun Anchelotti shaxs. Kuchli, ammo nomi chiqmagan murabbiy "Real"ga kelsa, u Ronalduni zaxiraga o'tkazib qo'ya oladimi, yo'q. Xerardo Martino Messidagi charchoqni ko'rib jamoa va uning o'zini foydasi uchun zaxira futbolchisiga almashtirdi. Messi - yulduz. Uning o'ynagisi keladi, lekin murabbiy futbolchi manfaati yo'lida shunday qarorni qabul qildi. Ammo Messi bundan xafa bo'ldi. Agar vaziyat shunday davom etsa, klub prezidenti kimning foydasiga qaror chiqaradi, millionlab pul olib kelayotgan futbolchimi yoki murabbiy? SHuning uchun murabbiy nom jihatidan futbolchidan ustun bo'lishi kerak.

- Ro'yxatimda shu mazmundagi savol bor edi. O'zbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanganingizdan keyin aksar futbolchilarimiz, avvaliga sizni mensimadilar. Keyin esa barchasi o'z iziga tushib ketdi. Hattoki OAV va mutaxassislar ham sizga past nazar bilan qaragan edilar.
- Terma jamoa bilan birinchi ishim Armanistondagi o'yinga tayyorgarlik ko'rish bilan boshlandi. Bir epizodni aytib beraman. SHunga o'xshash holat bo'lgandi. Yigitlarga yuzlanib aytdim: siz men boshqargan "Traktor"ni yutgansizlar. Lekin bu "Traktor" edi. Halqaro maydonda bironta yutuqqa ega chiqmadinglar, to'g'rimi? Biron bir katta titulingiz ham yo'q. SHunday ekan, meni eshitganingiz maqul. Dastlabki o'yinlar o'xshamadi. Armanistonga yutqazdik, keyin Saudiya Arabistoniga. Arablar bilan bo'lgan o'yinda hakamlar bizga qarshi ishladilar. Keyin esa hammasi o'z iziga tushib ketdi. Biz uchun bitta g'alaba kerak edi va Bahrayn bilan o'yinda bunga erishdik.



- Nima deb o'ylaysiz, yoshlarga etibor beradigan mutaxassis sifatida oliy ligada yosh futbolchini tushirishni majburiy qilib qo'yish vaqti kelmadimi?
- Foydasi ham, zarari ham bor. Bu yo'lni suniy amalga oshirish kerak deb o'ylamayman. Yaxshi murabbiy, har doim yaxshi yosh futbolchini topa oladi. Uning uchun majburiy qoida shart emas. Yaxshi murabbiy ertani o'ylasa, u albatta yosh futbolchini qidiradi. Agar murabbiy yosh futbolchini ko'ra olmasa, u majburan bitta futbolchini doimiy ravishda maydonga tushiradi. U esa tabiiyki asosiy tarkibda maydonga tushishini bilib buzilishi mumkin.

- Balki yoshlar ligasini jiddiy nazoratga olish kerakdir?
- Menimcha murabbiylarni tarbiyalashni to'g'ri yo'lga qo'yishimiz kerak!

- "Astana"ga bosh murabbiy etib tayinlanganingizdan keyin Qozog'istonning "vesti.kz" saytida maqola chiqdi. U erdagi maqolada "Astana" rahbarlari Van Galni vada qilib, Abramovni olib kelishganligi bayon etilgan. MTJ bilan ham xuddi shunday bo'lgandi. Qozog'istonda sizga oson bo'lmaydi.
- Aslida hech qaerda oson ishning o'zi yo'q. Men Van Gal bo'lishni istamayman, Abramov bo'la qolay. Vaqt hamma narsani ko'rsatadi. Hozir katta narsalarni vada qila olmayman, ammo ishonchim komilki, "Astana"ning o'yini muxlislarga yoqadigan bo'ladi.



- Sizning eng kuchli jihatingiz futbolchilar bilan yaqin munosabatda bo'la olishingizdami?
- Ko'pchilik meni murabbiy emas, psixolog tashkilotchi deb aytishadi. Lekin men futbolni ham yaxshi tushunaman. Menga bir narsa alam qildi. Nima uchundir hech kim O'zbekiston terma jamoasini yanvar oyida muvaffaqiyat qozonganini yozmadi. Aslida martgacha bo'lgan vaqt o'zbek futboli uchun og'riqli oylar hisoblanadi.

- Osiyo Kubogidan yorqin xotiralar qolgan bo'lsa kerak?
- Albatta. Yodimda, Qatar bilan bo'lib o'tgan o'yindan oldin bizni mag'lubiyatga uchratib bo'lishgandi. TVda bizga sharh berishar ekan, gol o'tkazib yuborsak g'alaba qozona olmasligimizni aytishardi. Qatar bilan o'yindan avval jurnalistlar Qatarga qarshi qanday himoyalanmoqchisiz degan savolni berishdi. Men esa O'zbekiston emas, yaxshisi Qatar himoya haqida o'ylasin, biz hujum qilamiz dedim. Bu esa ularning kulgusiga sabab bo'ldi, yakunda esa... Afsuski, ular bizni Tunisda o'tkazgan mashg'ulotlarimizni ko'rishmagan edi. U erdagi o'rtoqlik uchrashuvlarida biz bir qator uchrashuvlarni o'tkazgan edik. Ularning barida o'yinlarimiz kundan-kunga takomillashib borgan.

- Ishonch futbolchining hayotida qanday rol o'ynaydi? Osiyo Kubogida Baqoev ko'proq o'ziga ishonchi borligi uchun Krushelnickiyga almashtirganmidingiz?
- Futbolchining o'ziga bo'lgan ishochi katta rol o'ynaydi. Lekin Krushelnickiyni almashtirishimga sabab bu emasdi. So'nggi kungacha men Yaraslovga imkon berdim. Ammo men istagan holatga chiqa olmadi. Uni zaxirada ushlab o'tirishdan naf yo'q edi. Qolaversa, biz chempionatda hujumkor o'yin ko'rsatishni rejalashtirayotgandik. SHu sabab uni Baqoevga almashtirishga qaror qildim. Baqoev esa bizga nimchorak finaldan boshlab yordam berishi lozim bo'lgan. Keyin rejamga ko'ra, yarim finalda Galiulindan umidim katta edi. Afsuski, u musobaqa boshlanishi bilan jarohat oldi.

- Osiyo Kubogida himoya chizig'imizdan asli yarim himoyachi bo'lgan Andreev, Ahmedov va Karpenko joy oldilar. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad hujumni himoyadan boshlash edimi?
- SHubhasiz. Futbolni futbol o'ynashni biladiganlar o'ynashi kerak. Bizdagi eng katta muammo himoyachilarni tarbiyalamayotganimizda. Maktablarda gol urishni bilmaydigan futbolchini himoyaga qo'yib muammoni echishyapti. Aslida himoyachiga alohida talim berish kerak. Himoyachi o'z ampluasidan hujumni boshlay olishi kerak.



- Bir voqea yodimda. Qatarda Ismoilovga qarata, mana endi sen futbol o'ynashni o'rganding deb aytgan edingiz. Anzur o'z paytida "Traktor" jamoasidan chiqqan edi...
- Afsuski, u men "Traktor" bosh murabbiyi bo'lganimdan ko'p o'tmay "Paxtakor"ga o'tib ketdi. Bu uning faoliyatidagi eng katta xatosi. O'zbek futbolida himoyachiga mos bunday ko'rsatkichga ega futbolchi 100 yilda bir marotaba tug'iladi. Agar u o'ziga mos murabbiyga uchraganida, O'zbekistonning bugungi kundagi birinchi raqamli futbolchisi bo'lgan bo'lardi.

- Olimpiya terma jamoasi boshqaruvini qo'lga olishingizdan maqsad u erdagi futbolchilarni MTJ uslubida tarbiyalash bo'ldi. Bugunga kelib turli terma jamoalarimiz, turli taktikalarda o'ynashyapti?
- Mantiqan ham shunday bo'lishi kerak. Ammo shunday mutaxassislar borki, terma jamoalarimizni turli tuman taktikalarda o'ynashlarini maqul ko'rishyapti.

- Sizning o'z o'yin uslubingiz bor. O'z ustingizda qanday ishlaysiz?
- Har bir jamoada o'zim uchun katta maktabni o'taganman. Mana endi Qozog'istonga ketayapman, balki u erda ham nimanidir o'rganaman. TV rivojlangan davrda ko'rib o'rganish oson bo'lyapti. CHet el jamoalarining o'yinlarini ko'rish orqali biron narsa olishga harakat qilaman.

- "Astana"ga o'tishingizda futbol agentlarining hissasi bo'ldimi?
- Yo'q.

- MTJdan ketganingizdan so'ng 1,5 yil davomida hech qaerda faoliyat olib bormadingiz. Bu vaqt xato va kamchiliklar haqida o'ylab ko'rdingizmi?

- Balki balandparvoz ko'rinar, ammo shuni aytishim mumkinki, katta global xatoga yo'l qo'ymadim. Nima qilsam o'zbekistonlik futbol muxlislari uchun qildim. Bugun 1991 yilda tavallud topgan terma jamoadan o'rin olishi mumkin bo'lgan futbolchilarni 3 yil avval olimpiya terma jamoasida sinovdan o'tkazishga ulgurgandim.



- 1,5 yil davomida hech qaysi jamoada faoliyat olib bormadingiz. SHu vaqt ichida O'zbekiston klublaridan takliflar bo'ldimi?
- Balki g'alati tuyular, ammo birorta jamoadan taklif tushmadi. Xorijdan bo'ldi, ammo o'zimiznikidan yo'q.

- O'zbekiston - BAA olimpiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yindan keyin, o'yin natijasi shubha ostiga qo'yildi...
- Zamonaviy futbolda hech nimani sir saqlab bo'lmaydi. Iroqqa qarshi pley-off o'yini oldida shunga o'xshash maqola chiqdi. Avvalo hammaga Xudo hakam. Agar biz Olimpiadaga yo'l olganimizda, meni O'zbekistonda hozirgidan ancha ko'proq hurmat qilishgan bo'lardi. Futbolchilarimizni dunyo tanirdi. Buni butun jamoa bo'lib tushunib turgandik. O'yinni sotib olgan kishi bir kun kelib bu haqda hisobot beradi. U esa do'stiga aytadi va bu xabar butun dunyoga chiqadi. SHunday bo'ldimi? CHunki bizni muxlislar oldida vijdonimiz toza. Hamma g'alaba qozonishni istagan edi.

Yana bir holat haqida aytib beraman. Yaponiya bilan o'yindan keyin 4 kun o'tib O'zbekiston olimpiya terma jamoasi muhim o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun Turkiyada yig'in o'tkazishi kerak edi. BAA bilan o'yinga qadar 16 kun vaqt bor edi. Yaponiyadagi futbolchilarning bazilari bilan men jamoani kutib turgan futbolchilar bilan Turkiyaga uchishim kerak edi. Ammo Tokioda menga xabar keldiki, yig'in bekor qilindi. Bundan men g'azablandim. Xullas O'zbekistonga qaydtik, 4 kun davomida Turkiyaga uchib ketish uchun shaylanib turgan futbolchilarni uylariga qo'yib yubordik. Kim "Paxtakor"ga, kim "Olmaliq"qa ketdi. 2 haftadan keyin futbolchilar mashg'ulotga kelishdi. BAA bilan o'yinga 3 kun qolgan. Malum bo'ldiki, bazi futbolchilarimiz, bo'lganda ham asosiy tarkib azolari hattoki o'z klublarining asosiy tarkibida mashg'ulot o'tkazishmagan. Bazilari esa bu vaqt oralig'ida 3ta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan edilar.



- Murabbiyning xabarisiz futbolchini o'zi o'yin natijasiga tasir ko'rsatishi mumkinmi?
- Futbolda 5ta futbolchi o'yinni kelishsa, undan xabari yo'q 6 futbolchi natijani jamoasi foydasiga hal qila oladi. Bizdagi eng katta muammo, aksar murabbiylarning hamkasbi haqida yaxshi gapirmasligi. Murabbiylar ko'p, jamoa esa kam. SHundan keyin turli mish-mishlar chiqaveradi. Agar g'alaba qozonsak, sotib oldik, mag'lubiyatga uchrasak, sotdik. Bir tarafdan to'g'ri, katta pul to'lab PRO olgandan keyin klubda bosh murabbiy bo'lging keladi. Klublar esa kam...

- Haqiqatdan ham bizda murabbiylar inoq emas. Aksar murabbiylar o'z hamkasbining ishdan ketishidan manfaatdor.
- Nima uchun dunyo bo'ylab serb murabbiylari ko'payib boryapti? Siz bitta serbdan ikkinchisi haqida so'raysiz. U o'ylab turadi-da, ha men uni bilaman. U ajoyib mutaxassis deydi. Nima uchun bunday qilishadi? Ular biladi-ki, o'sha mutaxassisni Xitoy klubi oladi, uni hozir egallab turgan o'rni unga o'tadi. Undan keyin o'zi ketadi va boshqa serbga joyini qoldiradi. SHu tariqa ular dunyo bo'ylab ko'payib borayapti. Zo'r-a!? Bizda esa birorta murabbiy, ikkinchisining orqasidan yaxshi gap gapiryaptimi?

- Faoliyatini yakunlayotgan futbolchi murabbiy bo'lsam deydi. Lekin futbolda murabbiydan boshqa kasblar qancha? Men harchand urinmay, 20 yil to'p tepgan futbolchi kabi uni his qila olmayman. Klub va federaciyalarda boshqa ishlar ham ko'p-ku!?
- Har doim ham xobbi uchun pul to'lashmaydi. Futbolchilar shunday baxtli inson toifasiga kiradilarki, o'z xobbilari uchun juda katta pul oladilar. Nima uchun ular kichik ishdan ish boshlamaydilar? CHunki ular katta pulga o'rganib qolishgan, ozginasidan boshlagilari kelmaydi. Bazilarda esa bunga istedod etmaydi. Futbolda istedod katta rol o'ynaydi. Men Ibrohim Rahimovni 4 marta sotganman. Har bir futbolchining kuchli tomonlaridan foydalana olish murabbiy uchun muhim. 



- Siz har doim murabbiylar shtabingizni almashtirib kelgansiz, aksar murabbiylarning o'z jamoasi bo'ladi.

- Men o'z bilimimni boshqalarga ham ravo ko'rganman. O'z paytida olimpiya terma jamoasiga SHkvirin va Qosimovni o'zimga yordamchi qilib olgan edim.

- O'zbek futbolidagi qaysi mutaxassisni alohida hurmat qilasiz?
- Menga Dilshod Nuralievning ish uslubi yoqadi. Murabbiyga ming o'qitib, 10ta PRO dasturidan talim bermaysizmi, agar unda istedod bo'lmasa foydasi yo'q. Bu Xudo tomonidan beriladigan istedod. SHu bilan birga zo'r murbbiy bo'lish uchun kishi avvalo murabbiylik kasbiga "fanat" bo'lishi kerak. Fedunning intervyusini o'qigan edim. Uning aytishicha, murabbiyning futboldagi o'rni 10 foiz ekan. Balki shuning uchun anchadan beri "Spartak" chempionlikka erisha olmayotgandir? Men Beskovni juda hurmat qilardim. Agar imkoni bo'lganida, hozir uning oldiga piyoda yurib borgan bo'lardim. Uning qo'l ostida hamma o'ynab keta olardi. Uni kumirim deb ayta olaman. Boshqa jamoalarda o'ynab keta olmagan futbolchilar Beskov qo'l ostida muvaffaqiyatli to'p tepardilar.

- Futbolchilarni yoshartirish haqida gap ketayapti, mutaxassislarni ham yoshartirish kerakdir?

- Hozir hamma erda shu gap. Yoshlar Gonkong bilan yaxshi o'ynadilar. Lekin kuchli terma jamoalarga qarshi ham shunday o'ynaydilarmi? Ular ham bir kun kelib qariydilar, lekin qariguncha shu formada etib boradilarmi?

- Bugunga kelib futbolimiz sezilarli yutuqlarga erishdi. Bunda avvalo kimning xissasi katta deb bilasiz?
- Avvalo hukumatimiz prezidentining futbolni rivojlantirish to'g'risidagi qarorlarining roli katta bo'ldi. Qolaversa, O'FF doim ham o'zi uchun kerakli rahbarga ega bo'lganligi.

- Qozog'istonda "SHaxtyor" muvaffaqiyat qozonish mumkinligini isbotlay oldi, tabiiyki "Astana"dan ham shu narsa talab qilinadi.
- Bu men uchun ham qiziq bo'ladi. Albatta, jamoa oldiga katta maqsad qo'yilyapti. Mamlakat chempionligini qo'lga kiritish barobarida Evropa ligada saralash bosqichidan ham muvaffaqiyatli o'tish.



Abramov intervyu so'nggida o'zi bilan ishlagan futbolchilardan ramziy terma jamoa tuzib berdi:

Darvozabon: Ignatiy Nesterov
Himoyachilar: SHavkat Mullajonov, Odil Ahmedov, Islom To'xtaxo'jaev, Vitaliy Denisov.
Yarim himoyachilar: Sanjar Tursunov (zaxirada Viktor Karpenko), Aziz Haydarov, Temur Kapadze, Server Jeparov.
Hujumchilar: Aleksandr Geynrix, Ulug'bek Baqoev.


Bir yarim yil davomida murabbiylik lavozimidan chetda yurgan Vadim Karlenovich, shu vaqt ichida hech kimga eksklyuziv ravishda intervyu bermayotgan edi. Bu uning ruhiy holati bilan ham bog'liq bo'ldi. O'z navbatida Abramovni maqtagan jurnalist, Qosimovga qarshi degan mantiqqa zid tamg'aga ega bo'la boshladi. Aslida hamma murabbiyning o'z hurmati va o'z muxlisi bo'ladi. Ammo har birimizning Vatanimiz bitta, u ham bo'lsa O'zbekiston! SHunday ekan, avvalo Vatan, MTJ va million-million muxlislarimiz hurmati ahil bo'laylik!


Nodirxo'ja Yuldashev.
Foto: Tolibjon Qosimov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика