So’nggi yangiliklar

12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  2 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  2 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  10 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0

Vadim Abramov: "Men Qorbobo emasman" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Men Qorbobo emasman"

OCHL 5-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Al Hilol" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Vadim Abramov qatnashdi.
"Ertaga eng muhim o'yin kutib turibdi. Keyingi bosqichga chiqmoqchi bo'lsak yutishimiz kerak. Ertangi o'yinni kutayapmiz, yigitlar o'zlarining kuchli o'yinlarini ko'rsatib g'alaba qozonishlari kerak. Raqib oddiy emas, ular guruh peshqadami bo'lib turishibdi", - deydi Abramov.

"O'tgan turdagi g'alabadan so'ng guruhdan chiqish imkoniyati oshdi. Ertaga ham g'alaba qozonib muxlislarimizni xursand qilishga urinamiz", - deydi SHoahmedov.

- Raqib ustozi "Lokomotiv" o'yindan o'yinga kuchayib borayotganini takidladi. Jamoada bu sezilayaptimi?
- Albatta mavsum boshida u qadar yaxshi sport formasida emasdik. Har bir o'yindan keyin yigitlarda o'ziga ishonch paydo bo'lmoqda.

- "Al Hilol" 10ta o'yindan buyon mag'lub bo'lmayapti. Ertaga nimaning evaziga g'alaba qozonmoqchisiz?

- Buni bilmagandim to'g'risi. Jamoaning o'yin uslubi menga "Real"ni eslatib yuboradi. Ertaga klub shani uchun kurashamiz, g'alaba uchun borimizni beramiz.

- Siz birinchi marta bunday katta musobaqada ishtirok etayapsiz. Musobaqa haqida fikrlaringiz qanday?
Sanjar SHoahmedov:
- Albatta Osiyoning eng kuchli musobaqasida o'ynash har bir futbolchining istagi. Bu erda har bir mamlakatning eng kuchli klublari ishtirok etishadi. Ertaga g'alaba qozonishga urinamiz.

- Ertaga To'xtaxo'jaev diskvalifikaciya tufayli maydonga tushmaydi. Uning o'rnida kim o'ynaydi?
- Albatta bu qo'shimcha muammo. Lekin Salim Mustafoev uning o'rnini bilintirmasligiga ishonaman.

- Raqib safida Nosir Al SHamroni ertaga maydonga tushish tushmasligi so'roq ostida turibdi. Ertaga u maydonga tushsa "Lokomotiv" bunga tayyormi?

- Yo'q, futbol jamoaviy o'yin. Bitta futbolchiga qarab taktika tanlamaymiz. Agar tushmasa yaxshi, tushsa unga qarshi o'ynaymiz boshqa iloj yo'q.

- Deyarli har bir o'yinda siz tarkibda qandaydir syurpriz qilayapsiz. Ertaga ham "Al Hilol" uchun syurpriz qilasizmi?

- To'g'risi men Qorbobo emasman (kuladi). Syurprizlarni yoqtirmayman, agar tarkibimizda barcha sog' bo'lsa va tayyor bo'lsa shu menga yaxshi. Masalan ertaga To'xtaxo'jaev o'ynay olganida hech qanday muammo bo'lmasdi va uni maydonga tushirardim. Ertangi o'yinga tarkibni aniqlab bo'ldim, nasib qilsa hech qanday syurpriz bo'lmaydi.


Narzulla Saydullaev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика