So’nggi yangiliklar

12:482 йил аввал Ўзбекистонни ютган Саудия Арабистонидан ҳозирги таркибда кимлар ўйнамоқда?  0 11:35Биринчи лига. "Пахтакор-79"га иккинчи турда ҳам техник мағлубият ёзилди  0 11:15"Оқ бўрилар" қаршисида яна "яшил лочинлар". Арабча ҳисоб-китобга нуқта қўйиш вақти келди  6 10:45Алонсо ва Аморим билан келиша олмаган «Ливерпул»нинг янги устози ким бўлиши маълум  5 10:19Микель Артета Лондон дербисидаги ғалабадан сўнг нималар деди?  3 09:51«Реал Мадрид» футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  11 09:22Эшитдик-да! "Бунёдкор"да яна бош мураббий ўзгарди  9 08:55Хоанг Ан Туан: "Ўзбекистон терма жамоаси финалга қадар етиб боришига ишонаман"  29 08:35АПЛ. "Арсенал" - "Челси" 5:0  0 08:29Почеттино «Арсенал»дан қабул қилиб олинган йирик мағлубият сабабини айтди  4 08:20ОЧЛ. "Ал Ҳилол" - "Ал Айн" 2:1  1 08:15U23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Вьетнам 3:0   2 08:04Италия Кубоги. «Ювентус» — дастлабки финалчи  0 07:38Осиё кубоги. Бугун футзалчиларимиз ярим финал йўлланмаси учун баҳс олиб боради  2 01:57АПЛ. Лондон дербисида "Арсенал" "Челси"га "тарсаки туширди"  27

Vadim Abramov: "Maydonda ikki xil darajadagi jamoa o'zaro to'qnash keldi" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Maydonda ikki xil darajadagi jamoa o'zaro to'qnash keldi"

Coca Cola Superligasi 16-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Dinamo" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- O'yinni o'zingiz ko'rdingiz. Maydonda ikki xil darajadagi jamoa o'zaro to'qnash keldi. Hisob o'yinga mos bo'ldi. Statistikamiz ham shunday. Hammadan kam gol urganmiz, hammadan ko'p o'tkazib yuborganmiz. Ishlashda davom etamiz.

- Sahob Rashidov bugun zaxiradan maydonga tushib o'yinni kuchaytirdi va gol ham urdi. Nima deb o'ylaysiz Sahobni asosiy tarkibda maydonga tushirsa bo'larmidi?

- Bu albatta uning o'ziga bog'liq. Bizdagi barcha futbolchilar asosiy tarkibda o'ynashga munosib. Bizda zaxira o'rindig'idagi kuchlar cheklangan. Vaziyatni o'nglashga harakat qilamiz. 

- Jamoangiz darvozabonining o'yiniga qanday baho berasiz?

- Darvozabonda ayb yo'q. Penaltigacha u bir necha vaziyatlarda qutqardi. Ko'proq savolni himoyachilarga berish kerak. Baxtga qarshi himoyada muammolar bor. Hozirda himoyamizda bu poziciyada avval o'ynamagan futbolchilar harakat qilishmoqda. 

- Yovanovich qaytsa himoya tartibga kelishi mumkinmi?

- Unda jarohat bor va bu jarohat qachon tiklanishini bilmayman. Yovanovich bilan gaplashib oldik. U harakat qilmoqda. Ammo jarohat baribir o'z so'zini aytmoqda. SHu sabab ham bizda nima bo'lsa shundan kelib chiqib harakat qilamiz. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика