So’nggi yangiliklar

15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  1 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  0 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  7 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0 13:50Instagram орқали мураббий излаётган Ҳиндистон Хавига рад жавобини берди  8 13:22Андреа Пирло Дубай жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  3 12:54"Алавес" "Барселона" тарбияланувчиси трансферини эълон қилди  2 12:25"Шўртан" 7 нафар футболчиси билан шартномани бекор қилди  1 11:57"Эвертон" мухлисларини АҚШдаги эксклюзив очиқ машғулотга таклиф қилди  0 11:22Сегунда клуби 6 ойда 20 000 томошабинга мўлжалланган вақтинчалик стадион қурди  8 10:53Англия терма жамоаси аъзоси "Арсенал"га ўтмоқда  4 10:20Россиянинг олти карра чемпиони фаолиятини юртимизда давом эттириши мумкин  32 09:46"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолаши мумкин  5 09:11"Навбаҳор"нинг Аброр Исмоилов олдида қанча қарзи борлиги маълум бўлди  17 08:32"FourFourTwo" "Барселона" тарихидаги энг яхши футболчилар рейтингини тузди  16

Vadim Abramov: Kojo bizni ko'p qutqargan, bugun omadi chopmadi, bu futbol. Yigitlar 10 kishi bo'lib, o'yinni qutqara olishdi Yangiliklar

Vadim Abramov: Kojo bizni ko'p qutqargan, bugun omadi chopmadi, bu futbol. Yigitlar 10 kishi bo'lib, o'yinni qutqara olishdi

Pro liga 11-turi doirasidagi Dinamo - SHo'rtan (1:1) uchrashuvidan keyin Samarqand jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida nima deyishim mumkin? Markaziy himoyachimiz qizil kartochka olib, qiyin bahsda bizga pand berdi. Raqib jarima zarbasidan hisobni ochganidan keyin ham, oddiy vaziyatda bir kishi kam bo'lib qolish vaziyatni yanada qiyinlashtirdi. Biz bu borada chora ko'ramiz. 

SHunga qaramay, yigitlar borini berib harakat qilishdi, hisobni tenglashtirishdi, o'yin yakunida esa g'alabani ilib ketishimiz ham mumkin edi. Bunga so'nggi daqiqalarda imkoniyat bo'ldi. Ammo... Bugun 2 ochko yo'qotdik.

- Bu o'yingacha ketma-ket 3 futbolchi diskvalifikaciya sababli o'yinni o'tkazib yubordi, bugun esa yana bir o'yinchi maydondan chetlatildi. Jamoada intizom masalasida muammolar bor deb o'ylamaysizmi?

- Jamoada intizom joyida, hamma gap maydondagi qo'pol harakatimizda va biz bu borada oqsayapmiz. O'yin qoidasini buzgach, sariq kartochka berilishi bazida mahoratning etishmasligi bilan bog'liq bo'ladi. Bizdagi muammo shu bilan bog'liq.

- Qo'shib berilgan so'nggi daqiqadagi penalti haqida. Kojo Joel ertaga Qirg'iziston milliy jamoasi ixtiyoriga yo'l olarkan...

- Bu – futbol. Hamma ham xato qilishi mumkin. Kojo bugun ham gol urishni istagandi, ammo omadi chopmadi. Joel mavsum davomida bizni juda ko'p marta qutqargan, bugun esa omadi kelmadi. Futbolda ro'y berib turadi. Umuman olganda, futbolchilar ishtiyoqidan qoniqdim, mehmon jamoa yo'q joydan gol kiritib ketgach, hammasi o'zgarib ketdi. Biz shoshilishni boshladik. Markazda ham 3 futbolchi yo'qligi o'yinimizga tasir qildi. Biz deyarli yarimhimoyasiz qolgandik.

- Ammo zaxiradan tushirilgan o'yinchilar (Nasimov, Isroilov, Boydullaev, Kozimov, Malikov) o'yinni kuchaytira olishdi, jamoa 10 kishi bo'lib ham raqibdan to'liq ustunlik qilib, g'alabaga yaqin qolgandi...

- Ha, tarkibdagi o'zgarishlardan keyin jamoa hujumkor o'ynadi. To'g'ri, zaxiradan hammani ham tushira olmaymiz, ammo tushgan har bir o'yinchida ham ishtiyoq kuchli edi. SHu bois 10 kishi bo'lib, o'yinni qutqara olganliklari uchun yigitlarga minnatdorchilik bildirish kerak. Yutishimiz ham mumkin edi. 

- Komil SHarofutdinov o'tgan o'yinda jarohat olib, bugun tarkibga kiritilmadi. Uning holati haqida malumot bersangiz?

- Afsuski, u mavsum oxirigacha bizga yordam bera olmasligi mumkin. Komilni tez orada jarrohlik amaliyoti kutmoqda, - deydi Vadim Karlenovich.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика