So’nggi yangiliklar

02:00АПЛ. "Ман Юнайтед" 20-ўриндаги "Шеффилд"ни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  32 00:50Тебас яқин келажакда Ла Лига ўйинлари АҚШда ўтказилишини маълум қилди  2 00:35Франция. ПСЖ "Лорьян"дан устун келди ва чемпионлик масаласини деярли ҳал қилди  1 00:22Breaking: Хави "Барселона"да қолишга қарор қилди!  13 00:05АПЛ. "Ливерпуль" "Эвертон" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  12 23:54"Реал Мадрид" "Милан" ҳимоячиси трансфери устида ишламоқда  0 23:23 Хосе Венансио Лопес: "Эронга қарши баҳс жуда қийин ва мураккаб бўлиши аниқ, бироқ биз ўз потенциалимизга ишонамиз"  4 22:50"Барселона" ва Хави ўртасида музокаралар ўтказилди. Лапорта мураббийни олиб қолмоқчи  2 22:28Эрлинг Холанд "Сити"нинг АПЛдаги ўйинини ўтказиб юборади. Гвардиола буни тасдиқлади  1 22:05Перес "Эл Класико"дан олдин ҳакамларнинг ёнига бориб, улар билан саломлашган. "Барса" ўйинчилари бу ҳолатнинг гувоҳи бўлишган  29 21:45МЮнинг тен Хаг даврида амалга оширган трансферлари рейтинги тузилди – Антони охирги ўринда, Онана эса...  4 21:20Ральф Рангник "Бавария" у билан боғланганини тасдиқлади  1 20:55Футзал. Ўзбекистон Вьетнам устидан камбэк амалга оширди ва ярим финалга йўлланма олди  64 20:31ОЧЛ. "Йокогама" пенальтилар сериясида "Ульсан Хюндай"ни мағлуб этиб, финалга йўл олди!   4 20:22Оливье Жиру "Лос Анжелес" билан шартнома имзолагани маълум бўлди  3

Vadim Abramov: "Jaloliddinov qaytadi, muammolar hal bo'lmayapti, raqibga gollarni o'zimiz sovg'a qildik" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Jaloliddinov qaytadi, muammolar hal bo'lmayapti, raqibga gollarni o'zimiz sovg'a qildik"

Superliganing 16-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - AGMK (2:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o'z fikrlarini bildirdi.




"Bunday bo'lganiga o'zimiz aybdormiz. Mag'lub bo'lgan o'yinimizdan keyin fikr bildirish ham og'ir. O'zi bu mavsum tushunarsiz vaziyatlarda ko'p ochko yo'qotdik. Bu futbol. Bugun vaziyat shunday bo'ldi va mag'lub bo'ldik", - deydi Abramov.

- AGMK so'nggi 20 daqiqada ko'p gol urib g'alabaga erishib ketayotgandi. Raqibning bu jihati o'rganilmaganmidi? Birinchi taymdagi "Bunyodkor" ikkinchi taymda ko'rmadik.

- Raqibga ikkita gol sovg'a qildik. Bundan tashqari AGMK zaxira o'rindig'i uzun, zaxiradan tushayotgan tajribali futbolchilar bunday xatolarni kechirishmaydi. Tashabbusga ega bo'ldik, ammo o'zimizga o'zimiz qiyinchilik tug'dirib hisobda ortda qolaverdik. Qaytaraman, AGMKda zaxiradan tushganlar o'yinni kuchaytirishdi.

- Bizda juda ko'p muammolar bor. O'tgan yildan buyon muammolar bor, haligacha bu narsa hal bo'lgani yo'q.

- Jasur Jaloliddinov "Bunyodkor"ga qaytadimi?

- Reglamentga ko'ra xorijdagi o'zbekistonlik futbolchisi yurtimizga qaytsa, istalgan paytda ro'yxatdan o'tkaza olamiz. Jaloliddinov "Lokomotiv"ga ketishidan agar u erda o'ynay olmasa, bu erga qaytib o'ynashi haqida gaplashib olgandik. Uni ro'yxatdan o'tkazamiz va o'yin amaliyotiga ega bo'ladi.

- "Bunyodkor"ning deyarli har bir chizig'ida o'z akademiyasidan chiqqan futbolchilar o'ynaydi, ammo hujum chizig'ida Erkinovdan boshqa variant yo'qmi?

- Agar bo'lganida o'shani maydonga tushirardik. Agar jamoada barcha yosh futbolchilar bo'lsa qiyin, tajribali o'yinchilar ham bo'lishi kerak. Agar akademiyamizda yaxshi hujumchi bo'lganida uni asosiy tarkibga kiritardim.



- Bahodir Pardaev ikkita o'yindan buyon qaydnomada ham ko'rmayapmiz?

- Futbol shunday narsaki eng kuchlilar o'ynaydi. Pardaev ayni paytda raqobatda yutqazmoqda.

- Anvar G'ofurov nega maydonga tushmadi?

- Uning yoshi ancha katta. Bugungi taktikamizda G'ofurovni o'ynatish noto'g'ri bo'lardi.

- Sovrinli o'rinlar uchun qaysi klublar kurash olib borishadi deb o'ylaysiz?

- AGMK, "Nasaf", "Bunyodkor", "Qo'qon-1912", "Metallurg".

- "Bunyodkor" uchun qaysi biri muhimroq: Superligada sovrinli o'rin olishmi yoki Kubokni qo'lga kiritishmi?

- Biz har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushadi. Agar qaysidir musobaqaga ko'proq etibor qilsak to'g'ri bo'lmaydi. Tarkibimizda yosh futbolchilar o'ynashmoqda, ular muxlislar uchun harakat qilishmoqda. Yoshlar tajriba to'plashmoqda. Biz har bir raqib bilan kurashamiz va g'alabaga intilamiz. Maqsadimiz Superligada chempion bo'lish va Kubokni qo'lga kiritish. O'ylashimcha 14ta klubning barchasi o'z oldiga shunday vazifa qo'yadi, lekin yakunda bitta klub chempion bo'ladi.

- Eshitishimizga qaraganda moliyaviy muammolar sabab jamoa hatto o'tgan turda Muborakka borishni ham istamagan ekan. Bunday vaziyatda futbolchilarni qanday ruhlantirayapsiz?

- Ha shunday vaziyat bo'lgandi. Odamlarga tushuntirib bo'lmaydigan narsalarni tushuntiryapman. Ruhlantirish uchun so'zlarim ham qolmayapti. Yashayversak ko'raveramiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика