So’nggi yangiliklar

08:58"Монако" янги бош мураббийини эълон қилди  0 08:30Ҳайдаров шогирдлари бугун Қозоғистонга қарши майдонга тушади  4 08:02ЖЧ-2026 саралаш. Осиё қитъасида иккинчи тур учрашувлари бўлиб ўтди  6 07:35Мессининг бенефисига айланган баҳсда "Интер" йирик ҳисобда ғалаба қозонди  7 02:07ЖЧ саралаши. Испания, Италия, Португалияда ғалаба ва бошқа натижалар  7 00:25"Бавария" Гнабри бўйича қарор қабул қилди  0 23:16"Барселона" 17 ёшли франциялик иқтидорга қизиқмоқда  1 22:22"Ливерпуль" ПСЖ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқчи  5 21:484 та гол урилган Ўзбекистон U-17 ва Туркия U-17 ўртасидаги ўртоқлик ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  4 21:30Рафаэль Бенитес АПЛга қайтиши мумкин  4 20:25"Байер" футболчиси Ҳалил Коч: "Ўзбекистон кучли ва курашувчан жамоа экан"  13 19:51Садриддин Ҳасанов: "Бу ўйинда биз мураббийларнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  1 19:33Нурбек Сарсенбаев: "Бизга кучли рақиблар керак. Чунки жаҳон чемпионатидаги рақиблар бундан-да кучлироқ бўлишади"  7 19:20Ямал дербига қадар тикланмайди  10 18:56Ўзбекистон U-17 — Туркия U-17 ўртоқлик ўйинида дуранг  14

Vadim Abramov: "Hozir gapirgandan ko'ra jim bo'lgan maqul" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Hozir gapirgandan ko'ra jim bo'lgan maqul"

Teglar :  DinamoVadim Abramov
Superliganing 6-turning qoldirilgan uchrashuvi doirasidagi "Dinamo" - "Olimpik" (0:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yin haqida...

- Umuman olganda, o'yin biz uchun unchalik yaxshi o'tmadi. Unchalik yaxshi o'yin ko'rsata olmadik. Bu nima bilan bog'liqligini bilmayman, dastlabki daqiqalardanoq biz noto'g'ri o'ynay boshladik. Bunday o'yinda mag'lubiyatga uchramaslik kerak edi, ammo, afsuski, qo'pol xato tufayli yutqazdik, shu bois, "Olimpik"ni g'alaba bilan tabriklayman.

- "Dinamo"ning 9 o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriyasi yakunlandi...

- Har qanday seriya qachondir yakunlanishi kerak. Afsuski, u bugun tugadi.

- Bugun himoyadagi muammolarni ko'rdingiz. Sokol o'zini yaxshi ko'rsata olmadi. Dinamo transferlar oynasida himoyani kuchaytirsa kerak, ammo jamoada transferlar taqiqi mavjud.

- Bu hal qilinadigan muammo. Bizga nima uchun bunday taqiq qo'yilganini bilmaymiz, ammo bugun markaziy himoyadagi muammolarning sababi boshqa. Sariq kartochkalar sababli 2 ta markaziy ximoyachi o'tkazib yubordi. Futbolda xatolar uchrab turadi. Vaziyatni ko'rib chiqamiz.

- Mavsum boshida darvozabon ham ko'p xatolarga yo'l qo'ygan bo'lsa, bugun Yagudin juda yaxshi o'yin ko'rsatdi.

- Darvozabonlar bilan hammasi yaxshi, bu borada hech qanday muammo yo'q. Muammo shundaki, biz bugun noto'g'ri o'ynadik. Gol o'tkazgan vaziyatda himoyachi xato qildi, ammo vaziyat yaratishga urinmoqchi edi. Ha, u qo'pol xatoga yo'l qo'ydi, ammo uning sheriklari o'sha vaziyatda bo'sh hududda ochilishi kerak edi. U futbolda kurashdan qo'rqmaydi. Qolganlar esa bekinishdi. Futbol — jamoaviy o'yin. Bu vaziyatda faqat himoyachi aybdor emas. Biz tushunmovchiliklar tufayli juda ko'p noto'g'ri paslar o'ynadik.

- Jamoani 4 kundan keyin "Lokomotiv" bilan o'yin kutib turibdi.

- Ha, ko'ryapsizmi, afsuski, o'yinlarni keyinga qoldirish haqida so'rashmaydi. Endi biz 4 kundan keyin o'ynaymiz. Bizning fikrimiz hech kimni qiziqtirmaydi. Hozir navbatdagi o'yinga tayyorgarlik ko'rishimiz va shu kunlarda yana 3 ta o'yin o'tkazishimiz kerak bo'ladi. Albatta, taqvimni o'zgarishi ham o'z tasirini ko'rsatadi, hozir jim bo'lganim maqul deb o'ylayman. Bilasizmi, hozir gapirganimdan va hamma shubhalarni oshkor qilgandan ko'ra, ahmoq bo'lib ko'ringan yaxshiroq. Mayli, hammasiga ko'nikamiz. 

- Sizga o'tgan o'yinda qizil kartochka olgan "Olimpik" futbolchisining bugun maydonga tushgani haqida xabar berilgandimi?

- To'g'risini aytsam, bu haqda o'yindan oldin bildim. Siz internet orqali bu haqda xabardor bo'lsangiz kerak, men internetda ko'rmaganman. Ular o'ynashmoqda, bu muammo emas, biz olgan kartochkalar qandaydir tarzda har doim bahsli bo'lmoqda.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика